Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari 
Ish bosqichlari 
Faoliyat shakli va mazmuni 
1-bosqich: Keys va uning 
axborot 
ta’minoti 
bilan 
tanishtirish 
 yakka tartibdagi audio-vizual ish; 
 keys bilan tanishish (matnli, audio yoki media 
shaklda); 
 axborotni umumlashtirish; 
 axborot tahlili; 
 muammolarni aniqlash 
2-bosqich:Keysni aniqlashtirish 
va o’quv topshirig’ni belgilash 
 individual va guruhda ishlash
 muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; 
 asosiy muammoli vaziyatni belgilash 
3-bosqich: Keysdagi asosiy 
muammoni tahlil etish orqali 
o’quv topshirig’ining yechimini 
izlash, hal etish yo’llarini ishlab 
chiqish 
individual va guruhda ishlash
 muqobil yechim yo’llarini ishlab chiqish; 
 har bir yechimning imkoniyatlari va to’siqlarni 
tahlil qilish; 
 muqobil yechimlarni tanlash 
4-bosqich: 
Keys 
yechimini
yechimini 
shakllantirish 
va 
asoslash, taqdimot.
 yakka va guruhda ishlash; 
muqobil 
variantlarni 
amalda 
qo’llash 
imkoniyatlarini asoslash; 
 ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; 
 yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy 
aspektlarini yoritish 


126 
“Keys-stadi” metodining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

Izlanishga doir faoliyatning mavjud bo’lishi. 

Jamoaviy va guruhlarda o’qitish. 

Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.

Xilma-xil o’quv loyihalarini ishlab chiqish.

Muvaffaqiyatga erishish uchun o`quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini 
rag’batlantirish 
Keys harakatlari o’z ichiga quyidagilar savollar bo’yicha faoliyatni qamrab 
oladi:

Kim? (Who?), 

Qachon? (When?), 

Qaerda? (Where?), 

Nima uchun? (Why?), 

Qanday?/ Qanaqa? (How?), 

Nima? (natija) (What?). 
Keys metodi quyidagi turlarga bo`linadi:
Amaliy keyslar 
aniq berilgan holat yoki voqeani aks ettiruchi keyslar 
Ta`limiy (o`quv) keyslari ta`lim jarayonida beriladigan keyslar 
Ilmiy-tadqiqot keyslari
ta`lim oluvchini ilmiy-izlanishga undovchi keyslar 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda texnologiyaning quyidagi
vazifalari mavjud:
1. O`quvchilarda tahlil ko`nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
2. Nazariya va amaliyot birligini ta`minlash.
3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
4. Qarorlar qabul qilish va ularning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim
qilishdan iborat.
Keys metodi qo`llanilganda o`quvchilarda: 


127 
1. Tahliliy ko`nikmalar – ma`lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni 
turkumlashtirish, ma`lumotlarni zarurligi darajasini aniqlash, tahlil qilish,
taqdim etish. Shaxs bu hollarda aniq va mantiqiy fikrlay olishi kerak;
2. Amaliy ko`nikmalar – muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real 
vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo`llay 
bilish;
3. Ijodiy ko`nikmalar – mantiqiy yondashuv asosida muammoni yechish 
muhim emas, balki ijodiy yondoshib muammoning bir necha
yechimlarini topish va ularni tahlil qilish;
4Muloqot ko`nikmari;
5. Ijtimoy ko`nikmalar;
6. O`z-o`zini tahlil qilish – bahs-munozara jarayonida o`zini tuta bilish
boshqalarga namuna bo`la olish kabi ko`nikma va malakar rivojlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling