Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


topshiriqlaridan namunalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

topshiriqlaridan namunalar 
1-keys 
 
Mavzu: “Samoviy temir” 
Keysning vaziyati:
 
Temirni zamonamizning muhim metali deb hisoblash 
mumkin. Bu element juda yaxshi o’rganilgan, temir qachon va kim tomonidan 
ochilganligini hech kim bilmaydi. Temir juda qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan 
elementlar qatoriga kiradi. “Temir asri”, uning boshlanishi bizning asrimizdan 
avvalgi minginchi yillarga to’g’ri keladi. Bronza asrining o’rnini temir egallagan. 
Muammoli savollar: 
1. Qadimda sof temir nimadan va qaysi usul bilan olingan? 
2. “Samoviy temir” nima? 
3. Qadimda temir qanday baholangan? 
Keysni bajarish uchun ko’rsatma 
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling. 
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni 
aniqlang. 
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq dahldor bo’lgan 
omilni ajrating. 
4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling. 
5. O’z fikringizni bayon eting. 
Keysni yechish jarayoni bo’yicha talablar: 
1. Keys mohiyati bilan tanishadilar va kichik guruhda muhokama qilinadi. 
2. Kichik guruh a’zolari hamkorlikda muammoni hal etishga zamin 
tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar. 
3. Muammoni xal etishda dastlab kimyo darslarida axborot texnologiyalaridan 
foydalanish imkoniyatlarini aniqlanadi.
4. Guruh a’zolari tomonidan berilgan fikrlar tahlil etiladi va umumiy xulosa 
yasaladi. 
O’qituvchining yechimi 


131 
Temirni zamonamizning muhim metali deb hisoblash mumkin. Bu element 
juda yaxshi o’rganilgan, temir qachon va kim tomonidan ochilganligini hech kim 
bilmaydi. Temir juda qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan elementlar qatoriga 
kiradi. “Temir asri”, uning boshlanishi bizning asrimizdan avvalgi minginchi 
yillarga to’g’ri keladi. Bronza asrining o’rnini temir egallagan. 
Inson tomonidan ishlatilgan birinchi temir yerga tushgan meteoritlar 
bo’lgan. Yerga tushgan meteoritlarning asosiy qismi nikelli temirdan iborat. 
“Samoviy” temirning birgina muhim texnologik qulayligi: qizdirilganda oson 
bolg’alanadi, uni hatto sovuq holda ham bolg’alash mumkin. 
Temir oyda ham topilgan, oyda u oksidlanmagan, erkin holda uchraydi. 
Temir yerda ayrim hollarda erkin holatda uchraydi. 
Qadimda temir juda yuqori baholangan. Qadimgi grek olimi Strabonning 
“Geografiya” kitobida yozilishicha asrimizning boshlarida Afrika xalqlarida temir 
oltindan 10 barobar qimmat turgan. Temirning bahosi uning siyrakligi va kimyoviy 
barqarorligi bilan emas, balki, texnikadagi, tsivilizatsiyaning rivojlanishidagi 
ahamiyati bilan belgilangan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling