Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

(ilmiy-tadqiqot) 
Amaliy loyihalar 
(ijodiy) 
Maqsadi 
Muammoga oid ma’lumot-
larni to’plash, ularni tahlil 
qilish, umumlashtirish, 
mohiyatini yoritish, 
muammoni hal etish usul 
va vositalarini tavsiflash, 
ularning ahamiyatini 
asoslash 
Tadqiqotni amalga 
oshirish, tadqiqot asosida 
muammo izohini asoslash, 
kelgusida rivojlanish 
uchun yangi muammolarni 
asoslash 
Muammoni hal etish 
usul va vositalarini 
ishlab chiqish 


139 
Natijasi 
Maqola, referat, ma’ruza, 
keys va b. 
 
Hisobot, ma’ruza, 
keys va b. 
Harakatlar dasturi,
keys, strategiya, 
tavsiya, ma’lumot-
noma to’plami va b. 
Loyiha asosida tashkil etilgan darslarda o'quvchilar fikr almashadilar
izlanadilar, hamkorlikda yechimini topadilar. Loyiha asosidagi darslarning 
boshqa usullardan farqi shundaki, o'quvchilar axborotlarni izlab topib, qayta
ishlab, umumashtirib o'zlari himoya qiladilar. 
Dars loyihalari individual va guruhlarga mo'ljallab tuziladi. Yakka
shaxsga qaratilgan loyihalarning afzalligi shundaki: umumo'quv-biluv
ko'nikmalarini egallashda o'quvchining o'quv mehnatiga shaxsiy mas’uliyati juda 
yuqori bo'ladi. Chunki uning pirovard natijasi o'quvchi shaxsining o'zigagina 
bog'liq bo'ladi. 
Loyiha asosida guruhlarga bo'linib darsni tashkil etishda o'quvchilar orasida 
o'zaro hamkorlik, hamijodkorlik holatlari asosida ish yuritiladi va ishni
bunday asosda tashkil etishda dars samaradorligi kafolatlanadi. Har bir o'quvchi
o'zining bor qobiliyatini ishga soladi. Loyiha yechimini topishga faol kirishadi. 
Loyihali darslarni tashkil etish juda murakkab jarayon, bunda har bir 
o'quvchining mustaqil ishlashini tashkil etish muammosi yotadi. Ya’ni qaysi 
vazifalarni o qituvchi bajarishi kerak, qaysilarini o'quvchilarning o'zlari xal 
etishlari kerak va qaysilarini o'zaro hamkorlikda amalga oshirishni oldindan ko`ra 
bilish kerak, bularning hammasi loyihada ko'zda tutilmog'i talab etiladi. 
Loyiha asosida dars jarayonini olib borishda o'quvchining imkoniyati,
qobiliyati, umumtayyorgarlik darajalari hisobga olinmog'i lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling