Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Loyihalash metodini kimyoni o`qitishda qo`llanilishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhlarga topshiriq.
Loyihalash metodini kimyoni o`qitishda qo`llanilishi
Loyihalash metodi – o`quvchilarni mustaqil fikrlash, o`tilgan va o`zlashtirilgan mavzularni eslash, ularni yozma bayon etish, fikrlarni umumlashtirishga yo`naltirilgan. Murakkab moddalarning toifalanishi mavzusini umumlashtirishda loyihalash metodidan foydalnish yaxshi samara beradi. Bunda loyihalash texnologiyasining kichik guruhiy ish shaklidan foydalaniladi. O`quvchilar jamoasi 4 ta guruhga bo`linadi. O`qituvchi har bir guruh uchun A4 formatdagi qog`ozda quyidagi topshiriqlarni beradi 1-guruh – Oksidlar 2-guruh – Asoslar 3-guruh – Kislotalar 4-guruh – Tuzlar ga oid organgan barcha ma`lumotlrni yozadilar. 143 Topshiriqni bajarish uchun o`qituvchi tomonidan tavsiyalar beriladi va uni bajarish uchun vaqt belgilanadi. O`quvchilar o`z guruhlaridagi o`rtoqlari bilan birgalikda topshiriqni bajaradilar. O`quvchilar mavzuga oid ma`lumotlarni yozadilar va belgilangan vaqt tugagach guruh ishini taqdimot qiladilar. Uni quyidagi jadval asosida taqdimot etish mumkin. Guruhlarga topshiriq. Murakkab moddalarni sinflariga ta`rif bering va misollar keltiring. Oksidlar Asoslar Kislotalar Tuzlar Kimyoni o`qitishda "Loyihalash" metodini joriy qilish. Bu metodni “Kompleks birikmalar” mavzusini o`qitish jarayoniga tadbiq qilish uchun mis (II) tetraammin gidroksidning sanoatda olinish jarayonlari va qo`llanilishi to`liq aks etgan, loyihani tuzib kelish guruh o’quvchilariga mustaqil ish sifatida topshiriladi. O’quvchilar tuzib kelgan loyihalari yuzasidan dars jarayonida qizg`in munozara olib boriladi. Eng yaxshi deb topilgan loyihalarga yuqori ball qo`yiladi hamda rag`batlantiriladi. Quyida mavzuga oid loyihadan namuna keltiramiz. a) Mis kuporosini olish loyihasini tuzish. Mis (II) sulfat eritmasini elektroliz qilib, mis ishlab chiqarish vannasidagi Cu +2 ionining kontsentratsiyasi kamaygan va H 2 SO 4 ning kontsentratsiyasi oshgan eritmani metall mis chiqindilari solingan minoraga tushiriladi va undan havo oqimi o`tkazilganda mis eriydi. Olingan eritmani buglatish va kristallash idishga o`tkaziladi. Hosil bo`lgan mis kuporosi CuSO 4 ∙ 5H 2 O qadoqlanadi. Jarayon loyihasini keltiramiz. Ishlatilgan mis (II) sulfat eritmasi va kontsentratsiyasi oshgan H 2 SO 4 Mis chiqindisi solingan minora Bug`latish CuSO 4 eritmasi Kristallash Tayyor mahsulot CuSO 4 ∙ 5H 2 O Hаvо bilan аrаlаshtirildi 144 b) Ammiak va mis (II) tetraammin gidroksid ishlab chiqarish va uning ishlatilishi loyihasini keltiramiz. toza xavo NH 3 NH 3 + H 2 O → NH 4 OH; CuSO 4 + 2NH 4 OH → Cu(OH) 2 + (NH 4 ) 2 SO 4 Cu(OH) 2 + 4NH 4 OH → [Cu(NH 3 ) 4 ](OH) 2 + 4H 2 O “Loyihalash" metodi mavzu bilimlarini mustahkamlash va turmushga tadbiq qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Kimyo o`qitishning rivojlantiruvchi funktsiyasini amalga oshirishda "Loyihalash" metodini o’qitish jarayoniga joriy qilish muhim axamiyatga egadir. Chunki bu metodni darsga tadbiq qilish natijasida predmet ichidagi va predmetlararo bog`lanishlar amalga oshadi, noorganik va organik moddalardan kompleks birikma hosil bo`lishidagi genetik boglanishlar hal qilinadi, loyihani ishlab chiqish jarayonida esa o`quvchilarda mustaqil fikrlash ko`nikmasi shakllanib boradi. Kimyo ta`limini loyiha asosida o'qitish o'quvchining mustaqil ishlashi, fikr yuritishi, o'zi o'zlashtirib olishini kafolatlaydi. Bu metod o'quv mahsulini olishda samarali bo'lib, o'quvchining o'quv-bilish faoliyatini tashkil etishda keng tavsiya etiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling