Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
-keys. Mavzu: Temirning biologik jarayonlardagi ahamiyati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli savollar
4-keys. Mavzu: Temirning biologik jarayonlardagi ahamiyati.
Keys bayoni: Biologik jarayonlarda tarkibida temir tutgan oqsillar katta ahamiyatga ega. Bularga gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza va peroksidaza kiradi. Gemoglobin eritrotsitlarning asosiy qismi hisoblanadi. U o’pkadagi to’qimalarga kislorod yetkazib berib, kislorod tashuvchi bo’lib, yana tashqi nafas olishni ham ta’minlaydi. Mioglobin, sitoxrom va katalaza esa hujayralarning nafas olishini ta’minlaydi. Yuqoridagi oqsillarning har biri oqsil qismdan va u bilan bog’langan aktiv markazlardan tashkil topgan. Aktiv markazlar makrotsiklik kompleks birikma gemhisoblanadi (gem grekcha “gema” qon degani). Bu komplekslarda makrosiklik ligand sifatida tetradentant birikma porfirin ishtirok yetadi. Kompleks markazida temir joylasgan bo’lib, kvadrat uchlarida donor atom azot joylashgan. Umuman kompleks oktaedrik konfiguratsiyaga yega hisoblanadi. Beshinchi orbital esa azot atomi orqali aminkilota (gistidin) bilan bog’langan. Oltinchi orbital bo’sh va u past molekulali liganlarni bog’lashi mumkin(masalan, O 2 , H 2 O 2 , CO, CN - va boshqalar). Muammoli savollar: 1. Temir inson organizmida qanday oksidlanish darajasiga ega bo’ladi? 2. Mevalar tarkibida temir borligini qanday isbotlash mumkin? 134 O’qituvchining yechimi: Gemoglobin va unga o’xshash metallokomplekslarning xossalari ba’zi zaharli moddalar, masalan, CO (is gazi) va sianidlar ta’sirida keskin o’zgarishi mumkin. Shuning uchun ham havo tarkibiga aralashgan CO gemoglobin bilan karbonilgemoglobin hosil qilishi tufayli organlarga kislorod yetib borishi keskin kamayadi. Buning ustiga CO ning kompleks hosil qobiliyati kisloroddan ko’ra o’lab marta yuqori. Ana shu tufayli havoda juda oz kislorod bo’lsa ham gipoksiyaga, yani kislorod yetishmasligiga olib keladi. CO bilan zaharlanishni oldini olish uchun bemorni tezda toza havoga olib chiqish kerak. Shunda muvozanat oksigemoglobin hosil bo’lishi tarafiga qarab suriladi. Gemoglobinning tuzilishi. Qondagi gemoglabin miqdorining normal holatda bo’lishi inson organizmi temir ionlarining qanday o’zlashtirilishiga bog’liq. Temir oziq-ovqatlar tarkibidan ion holida o’zlashtiriladi.Temir moddasi asosan, go’sht mahsulotlari, dukkakli o’simliklar, meva va sabzavotlar tarkibida bo’ladi. Gemoglabin tarkibida temir +2 oksidlanish darajasiga ega bo’ladi. Oziq- ovqatlar tarkibidan temir Fe 2+ holatida o’zlashtiriladi. Olma tarkibidagi temirni aniqlash uchun yangi kesilgan olma bo’lagiga ammoniy rodanit yeritmasidan tomizib ko’ramiz, agar Fe 3+ ioni bo’lsa, qizil rangli birikma hosil bo’lishi kerak. Lekin bunday holat kuzatilmaydi. Kesilgan olmani biroz ochiq havoda qoldirsak, u qo’ng’ir tusga kiradi, ya’ni temir (II) ioni oksidlanib, temir(III)- birikmalariga aylanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling