Me`moriy yodgorliklar tipologiyasi reja
-modda. Madaniy meros obyektlarining toifalari
Download 26.15 Kb.
|
ME`MORIY YODGORLIKLAR TIPOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekistonda tarixiy obidalarni asrash katta muammo
4-modda. Madaniy meros obyektlarining toifalari
Madaniy meros obyektlari quyidagi toifalarga bo‘linadi: butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan respublika ahamiyatidagi madaniy meros obyektlari; viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan mahalliy ahamiyatdagi madaniy meros obyektlari. O'zbekistonda tarixiy obidalarni asrash katta muammo Buyuk Ipak Yo'lining eng yorqin namunalari joylashgan azim Samarqandning 2750 yilligi tantana qilinar ekan, qadim yodgorlik va obidalarni asrab qolish yuzasidan fikrlar turlicha. Mutaxassislar fikricha, davlat tomonidan ajratilayotgan mablag’ning tanqisligi yoki umuman yo’qligi muammolarning asosiy sabablaridandir. Turli davlatlar arxeologlari tomonidan qazib topilayotgan noyob arxeologik yodgorliklar mablag’ ajratilmagani bois qor-u yomg’ir ostida nurab ketishga mahkum bo’layotgani ham aytiladi. Shu munosabat bilan ayrim o’zbekistonlik olimlar yodgorliklarni hozircha yer ostida qoldirgan ma’qul, deb hisoblashadi. O’zbekistonning Samarqand viloyatidagi arxeologik qazilma ishlari paytida bo’yi 10-12 metrli, eni 30 metrdan oshadigan piramidasimon minora topilgan. Mutaxassislar fikricha, miloddan avvalgi 7-8 asrlarga mansub bu yodgorlik betakrorligi bilan noyobdir. Tarix fanlari doktori Muhammadjon Isomiddinov gapiradi: “Samarqanddan 35 kilometr shimolda, Ko’ktepa yodgorligida qadimgi shahar deb aytgan joyimiz hududida ikkita katta, yirik tepa bor. Biri miloddan ilgarigi 7-8 asrlarga oid haqiqiy ibodatxona bo’lib chiqyapti. O’shaning yonida qadimgi shahar hokimining qasri degan taxminimiz bor, lekin u yerda qadimgi piramidalarga o’xshagan minoralar bor. Haqiqatdan ham, baland qilib xom g’ishtlardan, guvalasimon g’ishtlardan baland qilib ko’tarilgan tepalar bor. O’shaning ustiga chiqib, olov yoqib o’shanga ilk zardo’shtiylar sig’ingan bo’lishi mumkin”, - deb hisoblaydi Isomiddinov. Bugun O’zbekistonda 10 mingga yaqin arxeologik yodgorliklar mavjud. Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz kabi shaharlar esa UNESCO [BMTning ta'lim, ilm-fan va madaniyat agentligi] ro’yxatiga kiritilgan va ular butunjahon madaniyati tarixi hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, ayni paytda 2500 ga yaqin barcha arxitektura yodgorliklarining ahvolini qoniqarli deb bo’lmaydi. Buning sababini yodgorliklarni ro’yxatga olish, saqlash va foydalanish davlat nozirligi inspektori mana bunday izohlaydi: “Muammolardan kattasi mablag’ yetishmasligi. Katta, ko’zga ko’rinadigan madaniy yodgorliklarimizga oz bo’lsa ham mablag’ ajratiladi. Lekin respublikamizda qanchadan-qancha 16-15-14 asrlarda qurilgan, uzoq-uzoq qishloqlarda joylashgan kichkina-kichkina yodgorliklarimiz, masjid, maqbaralar, madrasalar, xonaqohlar joylashgan. O’shalarga bizning mablag’larimiz yetib bormaydi. O’shalar yildan-yilga buzilib, nurab, yo’q bo’lib ketyapti”, - deydi ismini oshkor etishni istamagan mutaxassis. Mutaxassislar fikricha, joylardagi mahalliy davlat boshqaruv organlarining me’moriy yodgorliklarga nisbatan o’zboshimchalarcha munosabati ham muammolarga bois bo’lmoqda. "Joylardagi mahalliy davlat boshqaruvi organlarining buyrug’i bilan qanchadan-qancha mahalliy ahamiyatga molik arxitektura yodgorliklari buzilib ketyapti. Yodgorliklarni o’zboshimchalik bilan sotuvga qo’yish, ko’p yillarga ijaraga berish, shunday faktlar borki, me’moriy obidalarni xorij firmalariga sotib yuborishgacha borilyapti. Shunday faktlar Buxoro, Samarqand, Xivadek katta-katta shaharlarda uchrayapti. Vaholanki, arxitektura durdonalarini sotish u yerda tursin, uzoq vaqtga ijaraga berish ham noqonuniy deb hisoblanadi." Mutaxassislarga ko’ra, o’tgan yillar mobaynida yer o’zlashtirish, paxta yetishtirish maqsadida respublikadagi arxeologik yodgorliklarning bir qismi nobud qilingan. Tarixning bu noyob yodgorliklarining yana bir qismi esa, yo’l yotqizish, suv va gaz quvurlari o’tkazish, zavod va fabrikalar, bog’lar barpo etishda yo’q qilingan. Biroq bugun ham respublikada bu kabi holatlarga chek qo’yilmayotir, deydi yodgorliklarni saqlash nozirligi xodimi Yusufjon Qo’ziyev: “Mana, bozor iqtisodiyoti ekan, qilganimni qilaman deb yo yodgorlik ustiga olib borib tom solishi mumkin, yodgorlikning o’rtasidan yorib yo’l qilishi mumkin, bog’ ekishi mumkin, yoki buzib tashlashi mumkin. O’sha tomonlari hali bor. Yoki rayon hokimlari, shaharchalarning hokimlari shu yer menga berilgan ekan, men hokimmiman, demak nima istasam o’shani qilaman degan niyatlar bilan, palonchi yerdan yo’l och, palonchi yerni haydab tashla, ekinchilik qilamiz deb, o’sha sababli arxeologik yodgorliklarimiz yo’qolib ketishi mumkin. Bir marta yo’qoldimi, bo’ldi, hech kimning qo’lidan kelmaydi uni yangidan tuzish. Muammolar ko’p bu to’g’risida. Ularga xat yozyapmiz, kerak bo’lsa borib gapiriyapmiz hokimlari bilan. Sudlashgan tomonlarimiz ham bo’lgan”, - deydi nozirlik xodimi. O’zbekiston tarixi, uning boy arxeologik merosi dunyo olimlarini ham jalb etmoqda. Keyingi yillar respublikada Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, AQSh olimlari bilan birga ko’pgina qo’shma ekspedisiyalar ham olib borilayotir. Biroq mutaxassislar bu qazilmalarning ba’zilari haqida davlat boshqaruviga o’z vaqtida ma’lumot berilmayotgani haqida aytishadi: “Ba’zi odamlar yoki o’zlarini arxeolog hisob qiladimi, yoki o’zboshimchalik bilan ish olib borib, hukumat nazorat tashkilotlaridan ruxsatnoma olmasdan kovlash ishlarini olib boryapti. Arxeolog-brakonyer desa bo’ladi ularni. Yoki ruxsatnomani bitta tepalikka olib, boshqa tepalikda ish olib borishadi. Yoki muzeydanmi, boshqadanmi o’zboshimchalarcha mana, yer bizniki, viloyat bizniki, borib kovlanglar istagan yeringdan, deb aytilgan holatlar ham bo’lgan”, - deydi Qo’ziyev. Ayni paytda respublika hududlarida 30 dan ortiq arxeologik qazilma ishlari olib borilayotir. Ular tosh asridan to 18 asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Biroq bunday izlanishlarga davlat tomonidan mablag’ ajratilmayotgani, yoda oz miqdorda ajratilayotgani bois, aksariyat nodir arxeologik qazilmalar xorijlik olimlar homiyligida o’tkazilmoqda. Biroq bir-ikki yil o’tar-o’tmay qor-u yomg’ir ostida nurab ketishga mahkum bo’layotgan bu yodgorliklarni asrash ham qadimshunoslar oldida katta muammo bo’lib qolayotir. Ba’zi mutaxassislar fikricha, to’laqonli qazishma ishlari olib borishga bugun respublika iqtisodiy yoda ilmiy imkoniyati yetmas ekan, hozircha tuproq ostidagi tarixni shundayligicha qoldirgan ma’qul. QADIMIY YOZMA MANBALARNI SAQLASH, TADQIQ VA TARG‘IB QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Bu borada nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida g‘oyat noyob hisoblangan, YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qo‘lyozmalar fondiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo‘lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ushbu nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidlash lozim. Ana shu vazifalarni samarali hal etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: Sharq qo‘lyozmalari fondini saqlash, ta’mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularni asl holida hamda o‘zbek va xorijiy tillarda ilmiy izohlar, tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritish; boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soha mutaxassislariga, tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarga batafsil ma’lumot berib borish, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo hamjamiyati o‘rtasida keng targ‘ib etish, zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat va amaliyot rivojida undan samarali foydalanish va kelgusi avlodlarga yetkazish; aholida saqlanayotgan qadimiy noyob qo‘lyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan Institutning qo‘lyozma va yozma manbalar fondini boyitib borish; o‘rta asrlarda hozirgi O‘rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan alloma va mutafakkirlarning matematika, astronomiya, fizika kabi aniq fanlar, meditsina, kimyo, geografiya singari tabiiy fanlar, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar, islom dini va ilohiyotga oid merosini tadqiq qilishni kengaytirish va chuqurlashtirish; matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish; Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti kabi mazkur sohada faoliyat ko‘rsatadigan oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish; Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti singari oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslik kafedralari bitiruvchilari hisobidan Institutning kadrlar tarkibini yangilab borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish; xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganish; O‘zbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va ta’mirlanish holatini monitoring qilish va ularning elektron bazasini yaratish. 3. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin: Institutni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratiladigan byudjet mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, jumladan, maqsadli grantlar; tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mamlakatimizda turli manbalarda saqlanayotgan noyob va qimmatli qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, aholida saqlanayotgan shunday kitoblarni sotib olish va Institutda jamlanilishini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhi hamda komissiya tuzish haqidagi takliflari ma’qullansin. 5. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondini aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar hisobiga boyitish bo‘yicha ekspertlar guruhi (keyingi o‘rinlarda Ekspertlar guruhi deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq; Aholida saqlanayotgan qo‘lyozma, toshbosma kitoblar hamda tarixiy hujjatlarni baholash va sotib olish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagi 2017-2021-yillarda nashr etilishi rejalashtirilayotgan qo‘lyozma asarlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Belgilab qo‘yilsinki: aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Nizomga asosan xarid qilinadi; Ekspertlar guruhi hamda Komissiyaning tegishli xulosalari, aholida saqlanayotgan, sotib olinishi rejalashtirilayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar ro‘yxati, shuningdek, ularni xarid qilish bo‘yicha tavsiya etilgan narxlar Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishga asos bo‘ladi; qadimiy yozma manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va qo‘nikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining oylik ish haqiga 30 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi: bir oy muddatda Ekspertlar guruhi va Komissiya to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ikki oy muddatda Institut faoliyatini takomillashtirishga oid aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institutda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalar eng zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq saqlanishi va bosqichma-bosqich restavratsiya qilinishini ta’minlash uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida mablag‘ ajratsin, 2018-yildan boshlab ana shu ishlar uchun zarur mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Institutdagi foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Institutda Sharq qo‘lyozmalari muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 10. Belgilab qo‘yilsinki: Institut fondida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalarni bosqichma-bosqich restavratsiya qilish uchun zarur reaktivlar va sarflanuvchi materiallarni sotib olish hamda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun mablag‘lar Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan o‘rnatilgan tartibda ajratiladi; Institutda Sharq qo‘lyozmalari muzeyini tashkil etish va uni jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 11. Davlat komissiyasi Institutda noyob qo‘lyozma asarlarni o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun ilmiy jihatdan asoslangan tadqiqotlarga har yillik davlat buyurtmasi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat buyurtmasida belgilangan ilmiy tadqiqotlarga davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hisobidan maqsadli grantlar ajratilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. Download 26.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling