2. Narx tushunchasi va uning funksiyalari
Narxning iqtisodiy mazmunini uning funktsiyalari yaqqol ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli narxini, buning farqi yo‘q) besh asosiy funktsiyani bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi. Bunda narx bozordani talab va taklifning xajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
2. Hisob-kitob, o‘lchov funktsiyasi. Narx qiymatning puldani ifodasi, chunki bajarilgan ish hajmi, foyda-zararning barchasi narx asosida hisob-kitob qilinadi.
3. Iqtisodiy regulyator funktsiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy vositalaridan biridir. Undani o‘zgarish bozor holati (konyukturasi)ni bildiradi.
4. Raqobat vositasi funktsiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Narx vositasida bellashuv raqobatning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Firmalar o‘z raqiblarini yengish, ularni bozordan siqib chiqarish uchun narxni o‘zgartirib turadilar.
5. Ijtimoiy himoya funktsiyasi. Narx ayrim aholi toifalarini kambag‘allikdan saqlash vazifasini o‘taydi. Odatda aholining nochor va muxtoj qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi. Bular ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo‘lib, ularni moliyaviy jixatdan davlat byudjeti yoki byudjetdan tashqari mablag‘lar ta’minlaydi. Dotasiyalangan narxlarni davlat belgilaydi.
3. Narxning turlari va tarkibi
Narxlarning asosiy turlariga quyidanilar kiradi:
1. Ulgurji narxlar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu narxlardan foydalaniladi. Bunday narxni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin.
2. Chakana narxlar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu narx o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining harajati va foydasini oladi.
3. Nufuzli narxlar. Bu narxlardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |