Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet28/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

4. Dotatsiyali narxlar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlarda olinadi.
5. Davlat narxlari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda qo‘llaniladi.
6. Mavsumiy narxlar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi.
7. Milliy va jaxon narxlari.Alohida tovarning baynalmilal harajatlari. Bunda jaxhon bozoridani talab va taklif nisbati hisobgaolinadi.
8. Standart narxlar. Haridor cho‘ntagidani pulga qarab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo‘llaniladi.
9. Preyskurant narxlar. Bu narxlar sotuvchi uchun mo‘ljal narx, haridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot narx hisoblanadi.
Ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun maqbul bo‘lgan narx ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u narxni uchgaajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va ob’ektiv narx.
Maksimal narx - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu narxdan boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir.
Minimal narx - (qo‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past narx) - bu tovar narxining shunday ko‘rsatkichiki, tadbirkor muzokaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi.
Ob’ektiv narx - bu tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u yoki bu tovarning o‘rtacha narxsidir.
Narxning iqtisodiyotdani o‘rni beqiyos katta bo‘lganidan uning har bir turidan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega.
Qisqacha xulosalar
1. Sanoat ishlab chiqarishi iqtisodiyotining eng muxim muammolaridan biri bu tarmoq korxonalarida tayyorlanadigan mahsuloti narxsini belgilashdir.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx sanoat tarmoqlari va korxona (firma)larning moliyaviy axvoligaetarli (sezilarli) ta’sir etuvchi eng muhim sintetik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, korxona va uning mahsuloti raqobatbardoshligi bilan tijorat tashkiloti foydasining miqdori o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik bordir.
3. Mahsulot narxsi juda ko‘p omillarga bog‘liq: mahsulotga bo‘lgan talab, ishlab chiqaruvchining taklifi, davlatning narx siyosati, harajatlar, raqobat va x.k.
4. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, mahsulot hajmini kengaytirishda va uning sifatini oshirishda, iste’molchilar ehtiyojini qondirishda narx bilan rag‘batlantirishning roli beqiyosdir.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling