KORXONA FAOLIYATINING MOLIYAVIY NATIJALARI
Korxona daromadlari
Korxona foydasi va uni taqsimlash
Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
Korxona rentabelligi
Korxona daromadlari
Korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri foydadir. Foyda deb mahsulotni ulgurji bahoda sotishdan xosil bo‘lgan pul miqdoridan, uning ishlab chiqarishga sarflangan harajatlarni chegirib tashlangan holda paydo bo‘lgan sof daromadga aytiladi.
Daromad xo‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, u korxona samaradorligini ifodalaydi. Foydada korxonani boshqarish darajasi, ishlab chiqarish asosiy va aylanma fondlaridan unumli foydalanish, realizatsiya qilingan mahsulot jami, sifati, mahsulotlarni ko‘rsatilgan muddatlarda haridorlarga yetkazib berish va boshqa chora-tadbirlar o‘z aksini topadi.
Daromad korxona jamoasi moliya resurslarining asosiy manbai bo‘lib, u jamoa aozolari moddiy turmush darajasining yaxshilanishiga olib keladi. Foyda korxona ishlab chiqarishini kengaytirish va rivojlantirish, rag‘batlantiruvchi fondni tashkil qilishda asosiy manba vositasini bajaradi. Korxona foydasining hajmi u ishlab chiqarayotgan mahsulot sifatiga ham bog‘liqdir. Chunki yuqori sifatli mahsulot birmuncha yuqori ulgurji narxlarda realizatsiya qilinadi. Korxona mahsulotining hajmi asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanishga ham bog‘liq. Ilg‘or korxonalarda yangi texnika va texnologiyadan unumli foydalanib rejadagi mahsulot hajmini oshirib bajarilishi natijasida mahsulot tannarixi pasayib, foyda miqdori esa o‘sib boradi.
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
undirilgan yoki qarzdor tomonidan ehtirof etilgan jarimalar va penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar. yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha daromadlar;
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda;
ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bevosita bog‘Iiq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi. xo‘jalik subektlari huzu-ridagi oshxonalardan tushumlar. yordamchi xizmatlardan daromadlar:
asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar;
dahvo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar:
tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash natijasida chiqqan farqiy daromad;
xolisona moddiy-moliyaviy yordam;
boshqa operatsion daromadlar.
Asosiy faoliyat boshqa harajatlari va zararlariga to‘langan jarimalar. penyalar. tovonlar va yo‘qotishlar, ko‘rilgan boshqa zararlar kiradi.
3. Xo‘jalik faoliyatidan olingan umumiy foyda (umumxo‘jalik foyda) - Uxf:
Do'stlaringiz bilan baham: |