Menejment va marketing please add slide subtitle here
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning maqsadi
Download 20.57 Kb.
|
menejment-1 Firmaning raqobat ustunligini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobatli ustunlik
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning maqsadi
ADD KEY WORDS Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristikasi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va tovarning o‘ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo‘shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi, hamda firma yoki tovarga xos bo‘lishi mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy bo‘ladi va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlari Raqobatli ustunlik Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko‘ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va «ishlab chiqaruvchi uchun qiymat» hosil qiluvchi tovarga asoslangan bo‘lsa, bunday afzallik «ichki afzallik» deb ataladi. Ichki raqobatli afzallik - firmaga ko‘proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko‘proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq «unumdorlik» oqibatidir. Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya xarajatlar bo‘yicha afzallik strategiyasi bo‘lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish «nou-xau» siga asoslanadi. ichki afzallik Agar raqobatli afzallik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo‘lsa, u «tashq afzallik » deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo‘ladi.Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning «bozor qudratini» oshiradi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi. Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya differenstiatsiya strategiyasi bo‘lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi. tashq afzallik Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin ! Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustahkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o‘xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo‘lishi, zarar ko‘rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya g‘alaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi hujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bozordagi raqobatchilar nechta bo‘lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko‘rinishlari shuncha bo‘ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning o‘xshashliklari topiladi. Download 20.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling