Mavzu bo`yicha tayanch iboralari
1. Tanlama kuzatish usuli -tasodifiy holda tanlab olingan to‘plam birliklarini kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar bosh to‘plamga yoyish usulidir.
2. Tanlama kuzatishning vazifasi -tanlab olingan to‘plam birliklari asosida o‘rganilayotgan to‘plamning hammasiga umumiy tasvir berishdan iboratdir.
3. Tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishining eng muhim shartlari - tanlab kuzatishning hamma qoidalari va tamoillariga amal qilish va to‘plam birliklarini tanlash ishlarini ilmiy asosda tashkil qilishdir.
4. Tasodifiy tanlash - bosh to‘plamdan birliklarni hech qanday sestemaga solinmasdan tasodifiy holda tanlanishidir
5. Mexanik tanlash usulining mazmuni - tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plamga kiritiladigan birliklari o‘rtasida munosabatlar praporsiyasining aniqlanishidan iborat.
6. Tipik tanlash - bosh to‘plam birliklarini bir nechta tipik guruhlarga ajiratish mavjud bo‘lgan holda qo‘llaniladi.
7. Uya (seriya)li tanlab kuzatish - to‘plam birliklari kichikroq guruhlar yoki uya( seriya)-larga birlashtirilgan to‘plam birliklari uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |