Mening jonajon O`zbekistonim
-Mavzu: Birinchi boychechaklar Maqsad
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixoz va materiallar
- Tarbiyachi
- Bolajonlar
52-Mavzu: Birinchi boychechaklar
Maqsad: Bolajonlarga erta baxor kelishi bilan kunlar isiy boshlashi natijasida yerlar uyg`onish, qir-adirlarda, ekinzorlarda asta sekin maysalar nish urib, qulog`ini ko`rsatishi haqida tushuncha berish. Baxor faslining o`ziga xos xislariga qiziqish bilan qarashga, tabiat go`zalligidan zavqlanishga va baxor elchisi bo`lgan boychechaklar haqida tushunchalar berish. Kerakli jixoz va materiallar: Baxor faslini aks ettirgan rasmlar va boychechaklar rasmi va tarqatmalar. Faoliyatning borishi: O`ng tomonga sakraymiz Chap tomonga sakraymiz Birgalashib hammamiz Faoliyatni boshlaymiz Baxor, yashil nafasing Qizg`aldoqqa aylanar Boychechak binafshalar Bitiklarda boylanar Bugun yoshu keksalar Ishtiyoqda havasda Baxor yashil nafasing Tabiatga payvasta Tarbiyachi: Bolajonlar biz o`tgan faoliyatimizda baxor fasli haqida suxbatlashganmiz, hozir she’rimizning mazmunidan sezgan bo`lsangiz bugungi mashg`ulotimizda ham baxor elchisi bo`lgan boychechak haqida suxbatlashamiz. Baxor faslida tabiatda o`zgarish bo`ladi, daraxtlar kurtak chiqaradi, maysalar unib chiqadi, kunlar isiy boshlaydi, dalalarda baxorgi ishlar qizg`in boshlanib ketadi. Baxor elchisi bo`lgan boychechak, binafshalar ochiladi. Qir-adirlar, lolaqizg`aldoqlar ochilib, atrof olam yamyashil bo`lib go`zal tusga kiradi. Men maysaman, maysaman Yerdan bosh ko`taraman Olamga yozib gilam Maysalarga burkanaman Bolajonlar baxor fasli mayramlarga boy fasl. Bolajonlar: 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami” onajonlarimiz bayrami, 21- mart “Navro`z” bayramlari nishonlanadi. Barchamiz bu bayramlarni untiqlik bilan kutamiz. Tarbiyachi: Bolajonlar baxor elchilaridan yana nimalarni bilasiz…. Ha albatta qushlar, ular ham bahor fasli kirib kelishi bilan o`lkamizga qaytib keladilar, bulardan qaldirg`och, laylaklar. Ayvonimga in quradi Ayri dumli zo`r me’mor Kuzda uchub janubga Qaytib kelar har baxor (Qaldirg`och) Bu topishmog`imizning javobi qaldirg`och-a Mana bolalar sizlar bilan baxor faslining go`zal fazilatlari haqida suxbatlashdik. Baxor faslining ilk kunlaridan tabiatga albatta gullar chiroy qo`shib turar ekan. O`zi qizil go`zal biram Qirga yozar qizil gilam (Lolaqizg`aldoq) Ko`klam kelsa unadi Oftob chiqsa kuladi U baxorni elchisi Buni hamma biladi (Boychechak) Sizlar bilan gullar haqida topishmoqlar o`rganib oldik. Bolajonlar bizlar momaqaymoqni, boychechaklardan, binafsha gullaridan boshlarimizga gulchambarlar qilamiz. Buning uchun bolajonlar muassasamizning bog`iga sayrga chiqamiz. Birgalikda rang-barang gullardan gulchambarlar yasaymiz, gullarni ranglarini aytamiz, Bolalar gullarimizning qanday ranglarda. To`g`ri sariq, qizil, oq, siyoxrang, pushti rangda ekan Gullar shakllari ham o`zgacha bo`ladi, gullarimizning rangi, shakli, chiroyiga chiroy qo`shib turadi. Ozining hushbo`y xidlari bilan o`zgacha tarovat taratib turadi. Kelinglar bolajonlar endi “Gullar va asalarilar” o`yinini o`ynaymiz. Viz-viz uchamiz Gul shoxiga qo`namiz Ox gul xidi Shundayin yoqimli deb gullarga qo`nib gullarni xidlaymiz. Bu o`yinda qizlarimiz gullar, o`g`il bolalarimiz asalarilar bo`ladi. O`yinni 2-3 marta takrorlaymiz. Bolalar kelinglar endi bog`imizdagi daraxtlarni kuzatamiz. Daraxtlarda ham o`zgarishlar sezyapsizlarmi bolajonlar. Ha to`g`ri daraxtlar kurtak chiqargan, voy mana bu yerda bodom daraxti gullabdi. Yodinglarga tushdimi demak birinchi bo`lib bodom daraxti gullar ekan. Qarang bolalar bodom gullarining qanday chiroyli ekanligini. Bolajonlar bodom daraxtidan so`ng o`rik, gilos, shaftoli va boshqa daraxtlar gullaydi. Bolajonlar gullarimiz go`zal baxor faslimizni tarannum etuvchi she’rlardan aytib beramiz. Kim chiroyli ifodali aytsa anna shu bolaga sovg`amiz bor. Muslimaxon she’r aytib berar ekan, bolalar hammamiz birgalikda tinglaymiz. Loka Lola bog`chaga chiqib Kechka qadar gul terar Etak-etak to`plaid Har kungidan mo`l terdi Sochiga gul bog`ladi Chakkasiga taqdi gul Yelkalaridan tashlab Gulag ko`mildi butkul Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling