Tarbiyachi: Faoliyatyakunida bolalar rag`batlantiriladi
17-mavzu: “Havo, yer, suv, yer usti transportlari”
Maqsad: Bolalarga transport to`g`risida tushuncha berish hamda transportning havo, suv,
yerda harakatlanadigan turlari haqida umumiy ma’lumotlar berish, transportlarni
hayotimizdagi ahamiyati, uning qaysi turidan qanday foydalanish kerakligi hamda transport
vositalaridan o`zimizni munosib tutishimizni kerakligini o`rgatish.
Kerakli jixozlar:
Mavzuga oid rasimlar, qog`oz, rangli qalamlar. Transport vositalarining rasimlari va
o`yinchoqlari.
Markazlar: “Avtomobil turargohi”, “Tasviriy faoliyat” va “O`yin va o`yinchoqlar”.
Faoliyatning borishi: Bolalar stol atrofida o`tirib oladilar.
Tarbiyachi: Assalomu-alaykum, bolajonlar. Hammangizni mashg`ulotga tayyorlanib o`tirib
olamiz. O`ng tamonga qaraymiz, chap tomonga qaraymiz. Hammamiz xursand bo`lib
mashg`ulotni boshlaymiz. Bolajonlar bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan havo, suv, yer
ustki transport vositalari haqida suhbatlashamiz. Hozir men sizlarga topishmoq aytaman.
Uchta ko`zli qarang
Yonar rang barang
Bolajonlar javobi: Svetafor
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bolajonlar bilasizlarmi yerdagi barcha transport vositalari
svetafor bilan boshqariladi. Hozir men sizlarga rasim ko`rsataman, sizlar uning nomlarini
aytasizlar. (tarbiyachi poyezd, samalyot, mashina, avtobus, kema, vertalyot rasimlarini
ko`rsatadi, bolalar ularning nomlarini aytib beradi).
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, sizlar transport vositalarining nomlarini yaxshi bilar
ekansizlar. Endi ularning qanday vazifa bajarishlarini qisqacha aytib o`taman. Poyezd yer ustki
transporti hisoblanib, u odamlar va yuk tashish uchun mo`ljallangan bo`ladi. U maxsus temir
yo`llarida harakatlanadi. Kelinglar turgan joyimizda harakatlanib poyezd harakatini
o`xshatamiz. (Bolalar turishadi, turgan joyda, jo`r bo`lib poyezd ovoziga va harakatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |