Mening jonajon O`zbekistonim


-Mavzu: Birinchi boychechaklar  Maqsad


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

52-Mavzu: Birinchi boychechaklar 
Maqsad: Bolajonlarga erta baxor kelishi bilan kunlar isiy boshlashi natijasida yerlar 
uyg`onish, qir-adirlarda, ekinzorlarda asta sekin maysalar nish urib, qulog`ini ko`rsatishi 
haqida tushuncha berish. Baxor faslining o`ziga xos xislariga qiziqish bilan qarashga, tabiat 
go`zalligidan zavqlanishga va baxor elchisi bo`lgan boychechaklar haqida tushunchalar 
berish.
Kerakli jixoz va materiallar: Baxor faslini aks ettirgan rasmlar va boychechaklar rasmi va 
tarqatmalar. 
Faoliyatning borishi:
O`ng tomonga sakraymiz 
Chap tomonga sakraymiz 
Birgalashib hammamiz 
Faoliyatni boshlaymiz 
Baxor, yashil nafasing 
Qizg`aldoqqa aylanar 
Boychechak binafshalar 


76 
Bitiklarda boylanar 
Bugun yoshu keksalar 
Ishtiyoqda havasda 
Baxor yashil nafasing 
Tabiatga payvasta
Tarbiyachi: Bolajonlar biz o`tgan faoliyatimizda baxor fasli haqida suxbatlashganmiz, hozir 
she’rimizning mazmunidan sezgan bo`lsangiz bugungi mashg`ulotimizda ham baxor elchisi 
bo`lgan boychechak haqida suxbatlashamiz.
Baxor faslida tabiatda o`zgarish bo`ladi, daraxtlar kurtak chiqaradi, maysalar unib 
chiqadi, kunlar isiy boshlaydi, dalalarda baxorgi ishlar qizg`in boshlanib ketadi.
Baxor elchisi bo`lgan boychechak, binafshalar ochiladi. Qir-adirlar, lolaqizg`aldoqlar 
ochilib, atrof olam yamyashil bo`lib go`zal tusga kiradi.
Men maysaman, maysaman 
Yerdan bosh ko`taraman 
Olamga yozib gilam 
Maysalarga burkanaman 
Bolajonlar baxor fasli mayramlarga boy fasl.
Bolajonlar: 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami” onajonlarimiz bayrami, 21- mart 
“Navro`z” bayramlari nishonlanadi. Barchamiz bu bayramlarni untiqlik bilan kutamiz. 
Tarbiyachi: Bolajonlar baxor elchilaridan yana nimalarni bilasiz…. Ha albatta qushlar, ular 
ham bahor fasli kirib kelishi bilan o`lkamizga qaytib keladilar, bulardan qaldirg`och, 
laylaklar.
Ayvonimga in quradi 
Ayri dumli zo`r me’mor 
Kuzda uchub janubga 
Qaytib kelar har baxor
(Qaldirg`och) 
Bu topishmog`imizning javobi qaldirg`och-a 
Mana bolalar sizlar bilan baxor faslining go`zal fazilatlari haqida suxbatlashdik. 
Baxor faslining ilk kunlaridan tabiatga albatta gullar chiroy qo`shib turar ekan.
O`zi qizil go`zal biram 
Qirga yozar qizil gilam 
(Lolaqizg`aldoq) 
Ko`klam kelsa unadi 
Oftob chiqsa kuladi 
U baxorni elchisi 
Buni hamma biladi
(Boychechak) 
Sizlar bilan gullar haqida topishmoqlar o`rganib oldik. Bolajonlar bizlar momaqaymoqni, 
boychechaklardan, binafsha gullaridan boshlarimizga gulchambarlar qilamiz. Buning uchun 
bolajonlar muassasamizning bog`iga sayrga chiqamiz. Birgalikda rang-barang gullardan 
gulchambarlar yasaymiz, gullarni ranglarini aytamiz, Bolalar gullarimizning qanday 
ranglarda. 
To`g`ri sariq, qizil, oq, siyoxrang, pushti rangda ekan 
Gullar shakllari ham o`zgacha bo`ladi, gullarimizning rangi, shakli, chiroyiga chiroy qo`shib 
turadi. Ozining hushbo`y xidlari bilan o`zgacha tarovat taratib turadi.
Kelinglar bolajonlar endi “Gullar va asalarilar” o`yinini o`ynaymiz. 
Viz-viz uchamiz 
Gul shoxiga qo`namiz 
Ox gul xidi 
Shundayin yoqimli deb gullarga qo`nib gullarni xidlaymiz.


77 
Bu o`yinda qizlarimiz gullar, o`g`il bolalarimiz asalarilar bo`ladi.
O`yinni 2-3 marta takrorlaymiz. 
Bolalar kelinglar endi bog`imizdagi daraxtlarni kuzatamiz. Daraxtlarda ham 
o`zgarishlar sezyapsizlarmi bolajonlar. Ha to`g`ri daraxtlar kurtak chiqargan, voy mana bu 
yerda bodom daraxti gullabdi. Yodinglarga tushdimi demak birinchi bo`lib bodom daraxti 
gullar ekan. Qarang bolalar bodom gullarining qanday chiroyli ekanligini. Bolajonlar bodom 
daraxtidan so`ng o`rik, gilos, shaftoli va boshqa daraxtlar gullaydi. Bolajonlar gullarimiz 
go`zal baxor faslimizni tarannum etuvchi she’rlardan aytib beramiz. Kim chiroyli ifodali 
aytsa anna shu bolaga sovg`amiz bor.
Muslimaxon she’r aytib berar ekan, bolalar hammamiz birgalikda tinglaymiz. 
Lola 
Lola bog`chaga chiqib
Kechka qadar gul terar 
Etak-etak to`plaid 
Har kungidan mo`l terdi 
Sochiga gul bog`ladi 
Chakkasiga taqdi gul 
Yelkalaridan tashlab
Gulag ko`mildi butkul 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling