Mening jonajon O`zbekistonim
-Mavzu: Onalar bayrami Maqsad
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiborga molik jixati”
- Tarbiyachi
50-Mavzu: Onalar bayrami
Maqsad: Bolajonlar so`z boyligini oshirish, so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, ona eng aziz inson ekanligini tushuntirish. Ular farzandi dunyoga keltirishini, umr bo`yi farzand deb yashab o`tishlarini uqitirish. Onalar gapirganda “Labbay’, “Xo`p bo`ladi” deyish, ularga har doim salom berishni kanda qilmaslik, nasixatlarga quloq solish, ularni xurmat bilan o`rnidan turib kutib olishga o`rgatish. E’tiborga molik jixati” Onalarni suxbatini bo`lmaslik, qilayotgan ishlariga ko`maklashish, ruxsatsiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg`on gapirmaslik lozimligini tushuntiriladi. Kerakli jixozlar: Mavzuga oid suratlar, videoroliklar. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: onalar bayrami “Ona muqaddas” mavzusida videorolik bilan faoliyatni boshlaydi. Bolalar, baxor faslida 8-mart “Onajonlar bayrami”, 21-mart “Navro`z” bayramini nishonlaymiz. Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar, bu bayramlar bizning eng sevimli va milliy bayramlarimiz xisoblanadi. Bugun biz sizlar bilan 8-mar “Onajonlar bayrami” haqida suxbatlashamiz. Bolajonlar biz onajonlarimizni yaxshi ko`ramizmi? Bolalar: Ha juda yaxshi ko`ramiz Tarbiyachi: Bolajonlar biz albatta onajonlarimizni, bizni yorug` dunyoga keltirib, oq yuvib, oq taragan, o`z umrini farzandlariga baxshida etib, kechalari allalar aytib, tunlari bedor o`tkazgan munis zotlarni har qancha sevsak, ardoqlasak ham kam. Ularni biz uchun aytgan allari ham yoqimli. Bola: Yoqimli shirin biram Onajonim allasi Dilga baxsh etar orom Onajonim allasi Uxla, uxla bolam der Sen suyangan tog`im der Gulga to`ldir bog`im der. Tarbiyachi: Ho`sh, bolajonlar, endi bir qo`l bilan dunyoni, bir qo`l bilan beshikni tebratgan mexribonlarimiz haqida nimalar deymiz? Bolalar: Ona aziz, ona ulug` Onalar bir qo`li bilan dunyoni, bir qo`li bilan beshikni tebratadi Ona quyosh ularning mexri, tafti hech qachon sovimaydi. Onaning achchiq so`zi, farzandning aql ko`zini ochadi. Dunyo tor bo`lganda ham onaning bag`ri keng. Ona bilan bola bola gul bilan lola Bolaning barmog`i og`risa onaning yuragi achishadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling