Mening jonajon O`zbekistonim


O`yin: “Yaxshi va yomon odatlar” o`yini


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

O`yin: “Yaxshi va yomon odatlar” o`yini 
Boshlovchi: Ona koptokni bolalarga uzatib “Yaxshi odatlar” deydi 
Bolalar: Koptokni onaga uzatib mexribon, ona aziz, ularni xurmat qilish, labbay, xo`p 
bo`ladi deb so`zlarini qaytarmaslik.  
Boshlovchi: Ona koptokni bolalarga uzatib “Yomon odatlar” deydi. 
Bolalar: So`ziga quloq solmaslik, beruxsat ko`chaga chiqish, to`palon qilish, uy ishlarida 
yordam bermaslik, yolg`on so`zlashga, gap qaytarishga.
Mana bolajonlar biz ota-onalarimizni doim xurmat qilib odobli, mexribon, to`g`ri so`z 
bo`lsak ularga raxmat olib beramiz. 
Bolalarni rag`batlantirish. 
Kelinglar bolalar “Onajonim” ashulasini kuylab olamiz.
51-Mavzu: Baxor havosi, baxorgi yomg`ir 
Maqsad: Bolajonlarga yil fasllari haqida tushuncha berish. Baxor faslining xavosi, baxorgi 
yomg`ir uning tarovati haqida tushuncha hosil qilish. 
Kerakli jixozlar va materiallar: Mavzuga oida rasimlar, tarqatmalar.
E’tiborga molik jixat: Bahor fasli haqida bilimlarini oshirish 
Faoliyatning borishi: Bolajonlar mana qishning sovuq izg`irinli kunlari ortda qolib, 
ko`nglimizning yashnatib uyg`onish, yasharish fasli baxor kirib keladi. Bolajonlar baxor 
faslini hammamiz yaxshi ko`ramiz-a, baxor faslida tabiatimiz uyg`onadi, daraxtlar kurtak 
chiqaradi, gullaydi. Baxor faslining elchilari bo`lgan binafsha, boychecha, lolaqizg`aldoqlar 
ochiladi. Bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman kim chqqonlik va epchillik bilan topar 
ekan.
Yerda asta unadi 


75 
Ilk baxorda kuladi
(Boychechak) 
Erta baxor qizginam 
Tog`da yoydi qizil gilam
(Lola qizg`aldoq)
 
Bor rang-barang to`rt gilam 
Xizmatga shay to`rti ham 
Navbat bilan toshalar 
Qani kim topa olar
(Fasllar)
Bolalar bilan birgalikda topishmoqlar javobini topamiz. Baxor faslida tabiatimiz juda 
o`zgaruvchan bo`ladi, tez-tez yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, chaqmoq chaqadi. 
Qora parda sokiladi 
Ichidan suv tokiladi
(Yomg`ir) 
Yorug`i bor, dovrig`i bor 
O`zi yo`q ovozi bor
(Chaqmoq) 
Bolajonlar yomg`ir tinib quyosh chiqqanda so`ng musaffo osmonimizda nima paydo bo`ladi.
Chiziladi ko`kda qalamsiz 
Har xil bo`yoq rassomsiz
(Kamalak) 
Bolajonlar yomg`irni hammamiz yaxshi ko`ramiz, yomg`irdan so`ng xavo toza musaffo 
bo`ladi, tabiatimiz suvga to`yinadi.
Bolajonlar yomg`ir haqida she’rlar yod olganmiz bir eslab olaylik. 
Men tomchiman, tomchiman 
Bulutlardan tushaman 
Osmonimda men sakrab 
Yerga o`ynab tushaman 
Juda ham quvnoqdirman 
Koptokdayin dumalayman 
Yomg`irman yog`ilaman 
Tomlardan tomchilayman 
Bolajonlar quvnoq tomchining gaplarini eshityabsizlarmi, biz yomg`irni qancha sevsak u 
bizdan hursand bo`lib yana she’rlar aytib beradi.
Bolajonlar kelinglar endi birgalikda “Yomg`ir va quyosh” o`yinini o`ynaymiz, o`yinda 2-3 
marta takrorlab, mashg`ulotda aktiv qatnashgan bolalarni shirin so`zlari bilan rag`batlantirish, 
mashg`ulotni mustaxkamlab yakunlaymiz.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling