Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №59
Uni arralayotganingizda siz u uchun muammoga aylanasiz, nima qilsayam ovozingizni o`chirishni istaydi. Arralamaganingizda esa u o`z muammolarini yechishiga to`g`ri keladi. Muammo paydo bo`lganda erkak buni hal qilishi kerak. Uni arralashingiz bilan barcha muammo sizda ekanini ko`rsatasiz. Diananing tushgan holati bunday vaziyatga yorqin misol bo`la oladi. Eri vannahonadagi kranni tuzatsin deb arralashni boshladi. U ta`mir qilishi haqida uchinchi martta talab qilganida er shunday g`azab otiga mindiki : “Bu dunyodagi hech bir kuch meni krani tuzatishga majbur qilolmaydi” deb baqirdi. Oqshomda do`stlari ularnikiga mehmonga kelishdi. Er haliyam shahstidan tushmagan. Diana esa dugonasining eridan kranni tuzatib berishni so`radi. Shunday muloyim ovozda so`radiki u yo`q deya olmadi. Diana burama kalitni qidira boshladi. Shu payt uni o`zini eri darrov vannahonaga kirdiyu ikki minutni o`zida kranni tuzatib tashladi. Erkaklar ularni ishini boshqa bir erkak qilishini yoqtirishmaydi. Bu sarhad masalasi- boshqa bir erkak unga tegishli hududga qadam qo`ydi. Siz undan bir necha bor qaysidir bir ishni qilishini iltimos qilaypsiz u esa qimirlay demaydi, shunda : “Azizim hammasi joyida. Hech narsa qilmasang ham bo`ladi. Qo`shnimiz aytdi kirib bir pasda barini to`g`irlab berar ekan” deng. Agar qo`shningiz yo`q bo`lsa eng yaqin do`stingzidan iltimos qilganingizni ayting. Shunda yoringiz zumda hamma ishni bitiradi. Vaholangki yaqindagina hudoni zorini qilganingiz befoyda edi. Dugonam Lyusi bir narsaga amin bo`ldi. U qachon eridan biror ishda yordam so`rasa, er hech qachon uni iltimosiga e`tibor bermaydi. Masalan u ko`pincha do`kondan qaytgandan so`ng mashinadagi yuklarni olishda yordam berishini so`ragan. Er esa : “Bir daqiqa ” Biroz vaqt o`tib Lyusi yana “Mahsulotlar urinib qoladi. Yordam berish niyating bo`lsa hozir qil” Va hotin har do`konga borganida uyda shu janjal. Keyinchalik u eridan yordam so`ramay ham qo`ydi. O`zgarishni payqagan erkak havotirlanib “yordam kerak emasmi” deb o`zi so`ray boshladi. Shunda hotin : “Rahmat azizim o`zim uddalayman”. Mo`jiza! Erni o`zi hotinidan iltimos qilib yuklarni tushuradigan bo`ldi. Meni yana bir dugonam Rayana bolasini o`qishga olib borib qo`yishni istamagani uchun eriga nuqul javrardi. Er esa buni qilmaslik uchun ming hil bahona o`ylab topardi. Shunda Rayana bo`lasi o`g`li bilan bir maktabda o`qiydigan qo`shni uyda yashovchi bir yolg`iz otani topdi. O`g`lini qo`shni olib borib qo`yayotganini tushungan er shu zahotiyoq bu vazifani o`z zimmasiga oldi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling