Oʻqib tushunish: xaritani oʻqiy oladi va tushunadi; badiiy matnni oʻqib tushunadi, undagi bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; rivoyatda aks etgan sabab-oqibatni tushunadi, ramziylikni anglash; rivoyat mazmuniga koʻra berilgan rasmlar bilan maʼlumotlarni anglay oladi; rivoyat haqida nazariy maʼlumotga ega boʻladi; koʻza yasash yoʻriqnomasini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: buyumlar rasmiga qarab, ularni kim tayyorlaganini yoza oladi; berilgan qoʻshimchalardan soʻzlar yasab, ular ishtirokida gap tuzib yoza oladi; matndagi boʻsh oʻrinlarga mos soʻzlarni qoʻyib toʻldirib yoza oladi; rivoyat asosida chiqargan qisqa xulosasini yoza oladi; koʻza yashash jarayoni aks etgan rasmlar asosida matn tuzib yoza oladi.
Lingvistik bilim: -chi, -kor, -kash -chilik kabi qoʻshimchalardan ot yasalishi; ot soʻz turkumi; hunarmandchilik asbob-uskunalari nomlarining talaffuzi va imlosi.
Lugʻat boyligi: hunarmandchilikka oid soʻzlar, turli buyumlar nomlari, viloyatlar nomi, rivoyat; badiiy matnlardagi soʻz va iboralar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: tengdoshlarining javoblarini tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: hunarmandlar nomini ayta oladi, ularning faoliyati haqida gapirib bera oladi; maqollarni ayta oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: hunarmandlarning nomini rasmga qarab topib yoza oladi; berilgan soʻzlarga mos qoʻshimchalardan yangi soʻzlar yasab yoza oladi.
Lingvistik bilim: ot soʻz turkumi; soʻz yasalishi.
Lugʻat boyligi: hunarmandchilikka oid maqollar.
KASBLAR
(8 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: kasb tushunchasining mazmuni, uning ijtimoiy ahamiyati, kasblarning turlari haqida atroflicha maʼlumot berish, oʻquvchining muayyan kasbga qiziqishini orttirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |