mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet34/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lingvistik bilim: ot soʻz turkumi; soʻz yasalishi.
Lugʻat boyligi: kasblar, kasb egalariga oid soʻz, soʻz birikmasi va iboralar.


KATTA BOʻLSAM KIM BOʻLAMAN?
(5 soat)


Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchiga muayyan kasbni egallashning ijtimoiy ahamiyatini koʻrsatgan holda uni oʻz qiziqishi va qobiliyatiga mos kasbni izlashga undash, kasb tanlashga doir tavsiyalar berish, mehnat bozoridagi talabgir kasblar haqida maʼlumot berish, yaqin 15–20 yildan keyin ommalashuvchi kasblar haqida maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: tengdoshlarining javoblarini eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi; oʻziga qarata berilgan savollarni eshitib, ularga javob bera oladi.
Ogʻzaki nutq: kasblar nomini toʻgʻri talaffuz qila oladi; rasmda tasvirlangan kasb egalari haqida gapira oladi; kelajakda kim boʻlmoqchi ekani haqida savollar ketma-ketligida sinfdoshlariga aytib bera oladi.
Oʻqib tushunish: matnlarni ravon va ifodali oʻqiy oladi; rasm va matnni moslashtira oladi; informativ matndagi ochiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi va undagi obrazlarni tahlil qila oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; yondaftarcha yashash yoʻriqnomasini oʻqib tushunadi hamda ketma-ketlikda harakatlarni amalga oshira oladi.
Yozma nutq: hozirgi va kelasi zamon shakllarini farqlab soʻz va gaplarni oʻzgartirib yoza oladi; oʻzi tayyorlagan yondaftarchaga maqsad yoza oladi.
Lingvistik bilim: hozirgi va kelasi zamon feʼllari; maqsad mayli; payt ravishlari; shart mayli.
Lugʻat boyligi: kasblar, kasb egalariga oid soʻz, soʻz birikmasi va iboralar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining javoblarini tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: kasblar haqida gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: boʻsh oʻrinlarga mos soʻzlarni qoʻyib toʻldirib yoza oladi (axir, ammo, chunki, lekin); oʻzi yoqtirgan kasb haqida berilgan savollar asosida matn tuzib yoza oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling