mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Download 104.42 Kb.
bet36/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: dialogni tinglash va mavzusini aniqlay oladi; dialogni qayta eshitgach, jadvalni maʼlumotlar bilan toʻldira oladi; topishmoqni tinglagach, uni tushungan holda javobini topa oladi.
Ogʻzaki nutq: uy hayvonlari haqida gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: jadvalni toʻldirib yoza oladi; tinish belgilarini qoʻyib matnni yoza oladi.
Lingvistik bilim: tinish belgilari; dialog; bosh harflar imlosi.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va iboralar.


VAQTNING QADRI
(9 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarda vaqt bilan bogʻliq umumiy tushuncha hosil qilish, vaqtni qadrlash, toʻgʻri taqsimlash, bolani bir kunlik rejasini tuza olishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish: vaqt bilan bogʻliq audiomatnni tinglagach, matn asosidagi savollarga javob bera oladi; maʼlumot matnining ketma-ketligini aniqlay oladi; matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; sinfdoshlarining nutqini tinglab tushunib, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzuga oid berilgan rasmlarni ogʻzaki tasvirlab bera oladi; soat vaqtlarini biladi va toʻgʻri talaffuz qila oladi; matnlardagi soʻzlarni aniq va toʻgʻri talaffuz qila oladi; matnlar asosida berilgan savollarga asosli javob bera oladi, javobini izohlay oladi; maqollar mazmuni asosidagi muhokamada ishtirok eta oladi; mavzuga oid didaktik oʻyinda mustaqil ishtirok eta oladi.
Oʻqib tushunish: 2 qismli matnni ravon va ifodali oʻqiy oladi; matndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarga asoslanib savollarga javob bera oladi; dialogdagi suhbatdoshlarning nutqini farqlay oladi; shoirning ushbu sheʼrni yoza olishdan maqsadini aniqlay oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi va muallifini aniqlay oladi; rasmlar va matnni moslashtira oladi; soat maketini yasash yoʻriqnomasini oʻqib tushunadi hamda mos harakatlarni bajara oladi.
Yozma nutq: berilgan soʻzlarning izohini yoza oladi; berilgan soʻzlar ishtirokida rasmga qarab gap tuzib yoza oladi; berilgan soʻroqlarga mos soʻzlarni aniqlab yoza oladi; soat vaqtlarini yoza oladi; maqollarni sharhlab yoza oladi; kun davomida qiladigan ishlari aks etgan hikoya yoza oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling