mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet38/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: matnni ravon va ifodali oʻqiy oladi hamda maʼlumotlarni jadvalga guruhlarga ajratgan holda joylay oladi; matndagi obrazlilikni tushunadi va izohlarini farqlay oladi; oʻqigan matnidagi robotni tasvirlab chiza oladi; matn asosida ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarga asoslangan savollarga javob bera oladi; jadvalni tushuna oladi.
Yozma nutq: multfilm yoki kinoda koʻrgan robotlarining qanday harakatlar bajarishi haqida yoza oladi; uydagi aqlli qurilmalarni yoza oladi: changyutkich; matn asosidagi savollarga javob yoza oladi; berilgan soʻroq soʻzlarga mos soʻzni tanlab gaplarni toʻldira oladi; mavzu asosida hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: feʼl soʻz turkumi; oʻzlashma soʻzlar; -gich qoʻshimchasi;
atoqli otlar; soʻz oxirida kelgan ayrim undoshlarining baʼzi oʻrinlarda tushib qolishi;
soʻroq olmoshlari.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va birikmalar, iboralar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining nutqini tinglab, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: robot mavzusida oʻrganganlari asosida gapira oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: rasmlar asosida boʻsh oʻrinlarni toʻldirib yoza oladi.
Lingvistik bilim: punktuatsiya.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va birikmalar.
GʻAROYIB IXTIROLAR
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: insoniyat tarixidagi eng muhim ixtirolar haqida maʼlumot berish, bu ixtirolarning insoniyat sivilizatsiyasida tutgan oʻrni va ahamiyatini ochib berish, bolalarda ixtirochilikka nisbatan qiziqish uygʻotish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab tushunadi va notanish soʻzlar talaffuzini anglay oladi; matndagi kalit soʻzlarni aniqlay oladi; tinglangan matndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; voqelikka munosabat bildira oladi; kichik guruhda ishlash jarayonida gʻoyalarini ifodalab bera oladi.
Ogʻzaki nutq: gʻaroyib ixtirolar haqida suhbatga kirisha oladi; talaffuz meʼyorlariga rioya qiladi; rasm asosida berilgan savollarga asosli javoblar bera oladi; rasmdagi narsalar nomini toʻgʻri ayta oladi; guruhlarga boʻlinib ishlashda oʻz fikrlarini erkin bildira oladi; oʻqigan matni asosida fikrlab, boshqa narsalarning ixtiro qilinishi haqida gapira oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling