mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma nutq
- Ogʻzaki nutq
- Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; oʻqilgan matn asosidagi toʻgʻri va notoʻgʻri maʼlumotni ajrata oladi; notanish soʻzlarni toʻgʻri oʻqib, maʼnosini lugʻatlardan topa oladi.
Yozma nutq: kitoblar nomi va ijodkorlar ismini farqlab yoza oladi; savol beradi va javoblarni yozib oladi; fikrni gaplar orqali ifodalab yoza oladi. Lingvistik bilim: ayrim soʻzlarni kontekst orqali aniqlash; oʻzlashma soʻzlar; kitob nomlarining yozilishi. Lugʻat boyligi: kutubxona bilan bogʻliq soʻz va iboralar. Mustahkamlash darsi (1 soat) Tinglab tushunish: oʻziga qaratilgan savollarni tushunib, tartibli javob bera oladi. Ogʻzaki nutq: bilimlariga asoslangan holda aniq mavzudagi maʼlumotlarni tartibli tarzda yetkaza oladi. Oʻqib tushunish: informativ matnni ravon oʻqiy oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi. Lingvistik bilim: matnda qoʻllangan gaplarning ifoda maqsadiga koʻra turlari. Lugʻat boyligi: nashriyot, noshirlik. SOʻZNI TOPIB ISHLATING! (6 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchida soʻzning qudrati, jozibasi, maʼno nozikliklari haqida yetarlicha tushuncha hosil qilish, soʻzni oʻrinli qoʻllash, nutqni turli maqol va iboralar bilan boyitishga doir bilim va koʻnikmalar hosil qilish. Tinglab tushunish: mavzuga oid ertakni tinglab tushuna oladi; ertak xulosasini aniqlay oladi; ertakdagi eksplitsit va implitsit maʼlumot yuzasidan savollarga javob bera oladi; ertakdagi bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi, ramziylikni anglay oladi. Ogʻzaki nutq: rasm va matn asosida ogʻzaki fikr ifodalay oladi; ochiq ifodalangan maʼlumotlar yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi; ertak haqidagi fikrlarini gapira oladi va fikrlarini asoslay oladi; sheʼr yuzasidan tashkil etilgan muhokamada nuqtayi nazarini ifodalab bera oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling