Mening vatanim


Download 51.48 Kb.
bet14/15
Sana18.06.2023
Hajmi51.48 Kb.
#1578740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MENING VATANIM

Абдулла Орипов
*********

Qir ustida yonboshlagan bobom chaylasi,


Bu dunyoda kimlarningdir orzu havasi.
Dimog‘imda yulduz isi, shabnamlar isi,
Momom ekib ketgan kashnich, rayhonim, Vatan.
Quloq solsam shivirlagay hatto toshlaring,
Oyu quyosh, kamalaklar ko‘zu qoshlaring,
Beshigimni tebratgandir qaldirg‘ochlaring,
Oyu quyosh ko‘rpa solgan ayvonim, Vatan.

***
Hurriyat epkinlari bog‘ingdadir, tomingdadir,


Yulduzing, qutlug‘ hiloling subhu oqshomingdadir,
Fayz ila fazlu farog‘at tinchu oromingdadir,
Ey Vatan, jonu dilim, jonu dilim nomingdadir,
Yetti osmon jilvasi bir nurli ayyomingdadir.
***
Yurtim, menga zar kerakmas zargaringdan,
Kipriklarim unsalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo‟lib keldim, men bir nasim,
Aytib o‟tsam deyman ko‟hna dardlaringdan.
Menga dunyo kerakmas, bir xas yetar,
Yassaviylar yotgan aziz yerlaringdan.
****
So’qmog’ingda men bir epkin
Yo bir nasimman.
Yaproq, sening, xas bo’lsam gar
Sening xasing men.
Jayronlaring ko’zlarida
Qolar so’zingman,
Mening borim sen bilandir
Yo’g’im ham sen bilan.
Katta yo’lga chiqqan ulug’
Karvonim, Vatan.

***
Har tepa, har do’nglik turbat emasdir,


Har qanday ayriliq g’urbat emasdir.
Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdir,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Bobo qirlardagi bir xas yo tikan


Shu ham kimlargadir zo‘r armon ekan.
Ko‘p ekan zar topib, zor bo‘lib yurgan,
Vatan qolar ekan Vatan abadiy.

****
Amir Temurlardan qolgan nomus – or


Bir siniq g’ishti ham sharaf – shon, yurtim.
Sen – o’lmas g’urursan, so’nmas iftixor,
Suvi ham, qumi ham zarafshon yurtim

***
Dil dedim, dil yo‘lin xolis yo‘l ko‘rdim,


Dil tomon yurdim-u olis yo‘l ko‘rdim.
Do‘stlar, bu manzilga yetguncha, go‘yo
Ming yil talpindim-u ming yil yo‘l yurdim.
***

Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni,


Qushning ham bek bilan bekasi bordir.
Singiljon, ekaver rayhonlaringni –
Egasi bor yurtning – ertasi bordir.
***
Ko‘klardagi to‘lin-to‘lin oyday Vatan,
Osmon desam toshqin-toshqin soyday Vatan.
Vatan desam, ko‘z oldimga onam, kelgan,
Onam desam, nigohimda paydo Vatan…



Download 51.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling