Mening web-sahifam


О 'quvchilar bu kabi modellarga


Download 1.45 Mb.
bet5/145
Sana05.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1749666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
9-sinf -yillik konspekt

О 'quvchilar bu kabi modellarga ко 'plab misollar keltira olishadi.
3. Biologik model turli jonli obyektlar va ularning qismlariga (hujayra, organizm va hokazo) xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo'llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma'lum bir holat yoki kasalliklarni laboratoriya riayvonlarida sinab ko'rish imkonini beradi. Biologik jarayonlar awal biologik modellarda o'rganilishiga nima sabab bo'lishi izohlanadi.
Shu o'rinda kompyuter yordamida biologik jarayonlarning model-larini kuzatish haqida qisqacha ma'lumot berish mumkin. Inson kasalligini aniqlash uchun kompyuter tamografiyasining imkoniyatlari
haqida gapirib berilsa, o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqish yanada ortadi.
Avvalgi darsda modellar haqiqiy obyektni kichiklashtirilgan nusxasi, biror qismi yoki o'zaro bog'langan matematik munosabatlar ko'rinishida bo'lishi mumkinligi ko'rib o'tildi.
Umuman olganda, modellar obyektlarni ifodalash vositalarini tanlashga qarab uch turga bo'linadi: abstrakt, fizik, biologik.
1. Abstrakt modellar, o'z navbatida, ikki guruhga bo'linadi: mate­matik va iqtisodiy matematik modellar.
Matematik modellar obyektning tuzilishi va o'zaro bog'lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat. Bunday modellarga misollar ko'rib o'tildi.
Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo'llanila boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar»ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko'rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko'rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste'mol, ish bilan bandlik, jamg'armalar, investitsiya ko'rsatkichlarining o'zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo'llaniladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling