Menjment tamoyillari
Download 98.55 Kb.
|
Marketjing
Bunday hollarda aksariyat vaziyatlarda rahbar bilan jamoa vakillari o’rtasida ziddiyatlar, qarshi turishlar kelib chiqishi tayin. Shuning uchun ham bu boshqaruvni egalik tamoyili yoqlab chiqadi. Chunki, firma yoki tashkilot rahbarning xususiy mulki ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim bo’ladi. Boshqaruvning egalik tamoyilida rahbar ilmiy asoslanganlik tamoyillar guruhini ishlatishi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyillar sharti bo’yicha rahbar o’z tashkilotini vaqt talabiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ilmiy asoslangan usullar natijalariga qarab tuzishi lozim bo’ladi.
Bu tamoyilning eng muhim talablari shundan iboratki, boshqaruvning barcha talablari ilmiy usullar va ilmiy yondashishga asoslanadi. Bu usulda boshqaruv faoliyati faqat ilmiylik yoki ilmiy–tadqiqotlar bilan tadqiqot natijalarining amaliyotini sohaga joriy qilish va iqtisodiyotni ko’ta- rish hisoblanadi. Bu tamoyilning asosiy maqsadi fanni ishlab chiqarish kuchiga aylantirish hisoblanadi.
Boshqaruvning egalik tamoyillaridagi yana bir yo’nalish rejalashtirish tamoyil hisoblanadi. Bu tamoyilda boshqaruvning barcha faoliyati rejalarga asoslanadi va rejalarning tugashi muddatigacha boshqa rejalarga o’tilmaydi. Reja – bu yerda firmaning ijtimoiy – iqtisodiy rivoj- lanishi majmuasi deb qaraladi; • Javobgarlik va mas’uliyatlilik tamoyili mavjud qoida va huquqlarga asoslanib boshqaruvtizimini tashkil etishni talab qiladi. Bu tamoyilda barcha xodimlar o’zlariga topshirilgan vazifalarga javobgarlik va mas’uliyatlilik nuqtai-nazaridan qaraydilar va huquq va qoidalarga suyanib mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladilar.Oxirgi natijada olingan qo’shimcha daromaddan moddiy rag’batlantirish vositalari ham ishlashini talab qiladilar; Ierarxiya va qayta aloqalar tamoyilida boshqaruvdagi quyi bo’limlar o’zlarining boshqaruv organlari rahbarligida faoliyat ko’rsatadilar. Bu tamoyil ko’p hollarda bosqichma- bosqich tarkibli boshqaruv tizimini qo’llashda ishlatiladi. Bu boshqaruv tizimi pastdan yuqoriga va yuqoriga buysunish tamoyilida majmuali faoliyat yuritadi. Ya’ni bo’limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarligini anglatadi. Qayta aloqalar deyilishiga sabab bosh boshqarmalar quyidagi bo’limlar va birlashmalar faoliyatlari natijalariga qarab qayta nazorat qiladilar; Menejmentning eng zamonaviy tamoyillaridan biri – demokratik tamoyil hisoblanadi. Bu tamoyilda tashkilotning barcha xodimlari boshqaruv faoliyatida ishtirok etadilar. Bunday ishtirok etishning sababi, asosiy mehnatga qo’shimcha haq to’lash, moliyaviy operatsiyalar, aktsiyalarni qo’yish, yagona ma’muriy boshqarish, boshqaruvda qarorlarni jamoaviy asosda qabul qilish hisoblanadi. Menejment tizimida davlat qonunchiligi tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish faqat davlat qonunlari asosida amalga oshiriladi. Menejment tizimida davlat qonunchiligi tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish va shakllantirishda juda ko’plab tamoyillar mavjud. Download 98.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling