Menjment tamoyillari
Download 98,55 Kb.
|
Marketjing
Menejment rivojidagi eng mukammal tamoyillarni yaratgan olimlar ichida menejmentning birinchi maktabi-ilmiy boshqaruv maktabining asoschisi F.Teylor tamoyillarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Uning boshqaruvdagi ilmiy menejment tamoyillari boshqaruvda hozir ham muvaffaqiyat bilan qo’llanilmoqda Falsafada “Me’yor-rivojlanishning asosidir” degan shior bor.
F.Teylorning ilmiy menejment tamoyillarining birinchisi – tashkillashtirish va boshqaruvda samaradorlikka erishishning asoslari mehnat ekan, demak, har qanday mehnatni tarkiblarga ajratish va me’yorlarini aniqlash mumkinligini tushuntirib beradi. Ikkinchi tamoyili birinchi tamoyilning mantiqiy davomi bo’lib, mehnatning aniq tarkiblari va aniq o’lchamlari kutiladigan natijani aniq belgilash va bu natijani aniq belgilangan vaqtda olishni ta’minlaydi. Bu faoliyatda bo’sh va bekor vaqtning kelib chiqishi yoki paydo bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. F.Teylorning ilmiy menejmentdagi uchinchi tamoyili mehnat rag’batlantirilishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, rag’batlantirilish xodimning mehnatdagi faoliyati uchun emas, xodimning mehnati faoliyatida olingan natija bo’yicha amalga oshirilishini to’g’ri deb xulosa qilgan.
Download 98,55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling