Menjment tamoyillari


Download 98.55 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi98.55 Kb.
#1539936
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marketjing

Boshqaruvning keltirilgan tamoyillari har qanday quyi tizimlar uchun xususiyatli bo’lib, shu bilan birga, har bir quyi tizim va tizimlar boshqaruvning o’ziga xos bo’lgan tamoyillari asosida shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi lozim. Personalni boshqarishda o’ziga xos bo’lgan tamoyillar quyidagilar:


Qo’llanuvchanlik tamoyili – menejer (boshqaruvchi) korxonaning barcha xodimlariga moslashgan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
Tizimli tamoyili – menejer ichki va tashqi o’zaro bog’liqliklarni hisobga olib korxonani tizimli rivojlantirish maqsadida boshqaruvning barcha jabhalarini qamrab oladigan umumiy boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
Ko’p faoliyatlilik tamoyili – menejer sohalarni (resurslar, xizmatlar, mehnatni tashkil qilish, maqsadga erishish) jihatlarini qamrab oladigan faoliyatlarni birlashtiradigan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
Integratsiya tamoyili – menejer boshqaruv tizimida xalqaro me’yor va huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Firma xodimlari o’z sohalarida xalqaro usullarni qo’llash, ishlatish, o’zaro hamkorlik vositalariga ega bo’ladilar;
Baholashga mo’ljallash tamoyili menejer baholash, qadriyat-ma’naviyat qoidalarini (mehmondorchilik, milliy xizmatlar, o’zaro foydali shartnomalar) boshqaruv tizimiga kiritadi;
Boshqaruvning egalik (xususiylik) tamoyillari ancha murakkab boshqaruv tizimlariga duch kelishini keltirib chiqaradi.

Bu tamoyilda boshqaruvni markazlashtirish va markazlashishga yo’l qo’ymaslik tamoyillariga amal qilishga to’g’ri keladi. Bu holatda menejer o’z vakolatlarini saqlab qolgan holda navbatdagi boshqaruv tizimini ishlab chiqishga majburdir. Boshqaruvning egalik tamoyilida yakka hokimlik va jamoaviy boshqaruv tizimini ham qo’llash mumkin. Bu vaziyatda rahbarning yetuk bilimli va yuqori malakaga ega ekanligi juda qo’l keladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan rahbarlar har qanday vaziyat o’zgarishlariga qaramasdan boshqaruv tizimini to’g’ri boshqarib borishadi. Jamoaviy rahbarlik esa, rahbar fikrlarini hisobga olgan holda jamoa fikrini kiritadi va uni himoya qiladi.

  • Bu tamoyilda boshqaruvni markazlashtirish va markazlashishga yo’l qo’ymaslik tamoyillariga amal qilishga to’g’ri keladi. Bu holatda menejer o’z vakolatlarini saqlab qolgan holda navbatdagi boshqaruv tizimini ishlab chiqishga majburdir. Boshqaruvning egalik tamoyilida yakka hokimlik va jamoaviy boshqaruv tizimini ham qo’llash mumkin. Bu vaziyatda rahbarning yetuk bilimli va yuqori malakaga ega ekanligi juda qo’l keladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan rahbarlar har qanday vaziyat o’zgarishlariga qaramasdan boshqaruv tizimini to’g’ri boshqarib borishadi. Jamoaviy rahbarlik esa, rahbar fikrlarini hisobga olgan holda jamoa fikrini kiritadi va uni himoya qiladi.

Download 98.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling