Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


Merkantilistlarninig nazariy xissasi


Download 46.06 Kb.
bet16/18
Sana06.11.2021
Hajmi46.06 Kb.
#171259
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Albina iqtisodiyot

Merkantilistlarninig nazariy xissasi

Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o‘rganib, 1660-1776 yillaroralig’ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran ham sifat jihatdan mukammallashganini aniqladilar. Iqtisodiy tahlillar sifatining merkantilistlarning keying davridagi takomillashishi shunchalik nom chiqardiki, hatto bu davr ilmiy iqtisodiy nazariyaning asoslari shakllanayotgan o‘tish davri deb ham atala boshlandi.



Ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab yetishidadir. Bunday o’zgarish o’sha davrda mashhur bo’lgan fizika fanlaridan inson tabiatini o’rganuvchi ijtimoiy fanlarga o‘tishni aks ettirar edi. Bu o’tish Isaak Nyuton (1642-1727) davridan keyin o’zining yuqori cho’qqisiga chiqdi, uning ta’siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o’rnini sabab va natija tahlillarining egallashi o’tmishdagi usullar to’xtatildi degani emas, albatta, chunki ayrim sxolastlar mantiqiy tahlildan foydalanishar edi va ahloqiylashtirish hozirgi zamonaviy adabiyotlarda ham mavjud. Lekin, fizika fani qonunlarini topgan metodologiyalar bilan iqtisodiy qonunlarni kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

Ko‘pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‘plab mexanik sabablarni ko‘rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi mumkin deb ishonishgan. Shuning uchun aql bilan qabul qilangan qonunlar iqtisodiyjarayonlarga ijobiy ta’sir qilishi mumkin va iqtisodiy tahlil berilgan natijaga erishish uchun qanday shakldagi davlat aralashishuvi kerak ekanligini ko’rsatadi. Merkantilistlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy bo’lmasligi, talab va taklif qonunlari kabi asosiy iqtisodiy haqiqatlarni chalkashtirmasligi lozim deb tushunishgan. Ularning ayrimlari to’g’ri xulosa chiqarganlar, masalan, muvozanat narxidan past narx davlat tarafidan fiksirlash ortiqcha talab va defitsitni keltirib chiqaradi. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez tez qo‘llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa ularning egoistik harakatlarini o’zgartira olmaydi deb hisoblaganlar. Siyosatchilar insonning bu hususiyatini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilib, bu hususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va institutlarni shakllantiradilar.

Keyingi merkantilistlar o‘zlaridan oldingi g’oyadoshlari yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini anglab yetishganini ko’ramiz. Ular, masalan, pul boylik o’lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o’zida ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo’lishi mumkinligini va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keltirishi mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashishini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa ko’pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g’oyalari boshlanayotgan edi.

Biroq hech bir klassiklardan oldingi yozuvchi bozor iqtisodiyoti ishashini, ya’ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar qanday taqsimlanishini bir biriga bog’langan yagona qarash sifatida shakllantira olmadi. A. Smit merkantilistlar yetisha olmagan tuchunchalarni anglab yetdi va merkantilist va klassik nazariyasi o’rtasidagi juda muhim farq keyingi klassik iqtisodchilarning kelib chiqishi sabab bo’ladi. Merkantilistlar fikricha shaxsiy manfaat va halq farovonligi o’rtasida qarama-qarshilik mavjud deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning fikricha davlat shaxsiy manfaatni halq farovonligi tomon yo’naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda tabiiy uyg’unlik borligiga ishonishgan va halq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi deb hisoblashgan. Hatto laissez-faire g’oyasini qo’llagan keyingi merkantilistlar ham ularni qollab quvvatlash uchun bozor mexanizmi haqida yetarli tushunchaga ega bo’lishmagan. Shunday bo’lsada, A. Smit o’z tahlilini rivojlantirishda keyingi merkantilistlar adabiyotlaridan keng foydalangan.


Download 46.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling