Mesozoa: orthonectida va dicymida tiplari: umumiy tavsiflari va filogeniyasi


Download 87 Kb.
bet3/6
Sana23.03.2023
Hajmi87 Kb.
#1289863
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MENDELNING UCHINCHI QONUNI.

partenogenez rivojlanib har bir sporatsistdan 15-20 tadan 3 chi lichinkalar rediyalar yetiladi.
Rediyalardan murakkabroq rivojlangan – 4 chi lichinka tserkariya yetishadi. Ular yetilib mollyuskani jigar bo‘shlig‘iga, undan bo‘shliqdagi suvga va tashqi suv havzasiga chiqadi. Suzib yurib suv o‘simliklarga yetishadi va dumi yo’qolib metatserkariyga aylanadi, tsista (qobiqqa) o‘raladi va suv, oziqa orqali xo‘jayiniga o‘tadi.
Jigar qurti bilan kasallanish fatsioloz deb ataladi. Bu kasallik chorva mollariga katta zarar keltiradi. Bundan tashqari gigant jigar qurti, yovvoyi nashtarsimon ikki og‘izli, mushuk ikki og‘izlisi, jigar qurti Chorva va yovvoyi hayvonlar jigarida qon ikki og‘izlisi (odamning qonida – bo‘yrak va ichak venalarida) uchraydi va xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarni tarqatuvchilar suv hayvonlari va chuvalchanglarni asosiy ho‘jayinlari hisoblanadi. Shuning uchun gigiena qoidalariga amal qilish doimo talab etiladi.


Cercomeromorpha. Monogenetik sо‘rg‘ichlilar (Monogenea) sinfiga umumiy tavsif.
Hozirgi vaqtda monogeniyalarning 1100 ga yaqin turi bor. Ular suv umurtqalilar: baliqlar, amfibiyalar va sudralib yuruvchilarda ektoparazitlik qiladi. Bosh qismida bitta so’rg’ichi bor. Tanasining oxirgi qorin tomonida bir nechta so’rg’ichi bo’lgan yopishuvchi diski joylashgan. Bu disk bilan xo’jayini tanasiga mahkam yopishib oladi. Meditsina ahamiyatiga ega emas. Ko‘pchiligi dengiz va chuchuk suv baliqlarning jabrasi va terisida parazitlik qiluvchi bu chuvalchanglar ularda turli xavfli kasalliklar hosil qilib, baliqchilik ho‘jaligiga katta zarar keltiradi.
Monogenoidlar – va termatodalar garchi “so‘rg‘ich” deb nomlanuvchi organlari bo‘lishi bilan tashqi tomondan o‘xshash bo‘lsa ham, o‘zlarining tuzilishi va rivojlanishi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Ko‘p so‘rg‘ichlar sinfiga mansub chuvalchanglarning hammasi-ko‘pchilik baliqlarning tashqi organlarida yashovchi ektoparazitlar bo‘lib, har bir turi bir hayvonda yashaydi va ikkilamchi (oraliq) xo‘jayin bo‘lmaydi. Bularning protonefridiya ayirish organlarining teshikchasi tananing bosh tomoniga ochilagn. Hamma ko‘p so‘rg‘ichlilarning lichinkasi ilmoqchali bo‘ladi. Bu jihatdan ular tasmali yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. Ko‘rsatilagn tafovutli belgilar asosida ko‘p so‘rg‘ililar so‘nggi yillarda alohida sinf sifatida ajratilgan.
Tuzilishi, hayoti va rivojlanishi. Ko‘p so‘rg‘ichlilar mayda (0,03-20mm) yassi chuvalchanglar bo‘lib, dum tomoni bir oz kengaygan, bosh tomonida 2 ta yoki to‘rtta kalta (ba’zisida so‘rg‘ichli) o‘simtasi, dum tomonida yopishish organi bo‘ladi. Mazkur organ bir nechta ilmoqchalar, yopishish botiqliklari yoki so‘rg‘ichlar mavjud. Ba’zi turlarining yopishish organi bitta katta so‘rg‘ich aylangan.
Teri-muskul xaltasi (buning sirta qalin kutukula bilan qoplangan), parenxima qavati, xazm organlari trematodalar tipida tuzilgan. Ichagi bitta yoki ikki ayri kanallar shaklida, protonefridiya tipidagi ayirish organlarining katta naychalari oldingi tomoniga ochilgan. Ikki jinsli (xunasa). Jinsiy organlari ham termatodalarning mazkur organlari tipida tuzilgan; faqat bularda bitta yoki bir nechta urug‘don bo‘lishi va tuxum yo’liga alohida ochilgan qin (vagina) bo‘lishi xarakterlidir.
Monogenoidlarning embrion rivojlanishi va tarqalishi termatodalarning rivojlanishidan keskin farqlanadi. Otalangan tuxumning rivojlanishi natijasida yetishgan erkin yashovchi kiprikli lichinkada 4 ta ko‘zcha, hazm organlari, ayirish, o‘z “xo‘jayini” tanasiga borib joylashadi va kipriklari yo’qolib voyaga yetadi. Quyida monogenoid chuvalchanglarining eng muhim turlari ko‘rsatib o‘tiladi.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling