Qidiruv organlari tuzilgan
Download 67.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Pyotr I - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pyotr I Tavalludi 30 may (9-iyun) 1672 Vafoti 28 yanvar (8-fevral) 1725 Fuqaroligi
Pyotr I Pyotr I (1672.30.5(9.6), Moskva – 1725.28.1(8.2), Peterburg) – rus podshosi (1682-yildan), Rossiyaning 1- imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629–76)ning kichik oʻgʻli. Rossiyaning davlat, harbiy va madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar oʻtkazgan (senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga boʻysundirilgan; mamlakat gubernalarga boʻlingan; yangi poytaxt – Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning Gʻarbiy Yevropadagi ilgʻor davlatlardan ortda qolganligiga barham berish uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati oʻtkazgan (manufakturalar, metallurgiya, konchilik zavodlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695–96-yillarda Azov yurishlarida, 1700–21-yillarda Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), Lesnaya daryosi (1708) va Poltava jangi (1709)da qoʻshinlarga qoʻmondon boʻlgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mafkurachisi sifatida dvoryanlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. Pyotr I tashabbusi bilan bir qancha oʻquv yurtlari, Fanlar akademiyasi ochilgan, diniy-slavyan alifbosi oʻrniga grajdan alifbosi qabul qilingan va h.k. P.1 islohrtlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini ezish (jon soligʻi va boshqalar) hisobiga oʻtkazilganki, natijada, bunga qarshi qoʻzgʻolonlar (Streletslar, 1698; Astraxan, 1705–06; Bulavin, 1707–09 va boshqalar) boʻlib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan. [1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Pyotr I Tavalludi 30 may (9-iyun) 1672 Vafoti 28 yanvar (8-fevral) 1725 Fuqaroligi Rus qirolligi va Rossiya Imperiyasi Otasi Aleksey mixaylovich Onasi Natalya Naryshkina Manbalar Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title =Pyotr_I&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Pyotr_I&oldid=2854742" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 17:40 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 67.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling