Metall kesuvchi
Download 1.05 Mb.
|
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BO‘LIM
- Metall kesuvchi stanoklaming mashinasozlikda tutgan o‘rni
Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar
Kesish rejimini tanlash uslubini ta’riflang. Kesishning asosiy ishchi parametrlarini tanlashni ifodalang. Kesish rejimining optimal varianti to‘g‘risidagi tushunchani izohlang. Zagotovkada turlicha ishlov berish sxemasini (masalan, teshikni parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, teshikni yo‘nib kengaytirish, sidi- rish, frezalash, jilvirlash va shunga o'xshash) keltirib, sxemada kesuvchi asbob va uning geometrik parametrlarini ko'rsating hamda kesish rejimining elementlarini izohlang. 59 II BO‘LIMbob. METALL KESUVCHI STANOKLAR УА ULARNING TASNIFIBobning qisqacha mazmuni: Metall kesuvchi stanoklaming mashinasozlikda tutgan o‘mi. Metall kesuvchi stanoklaming tasnifi. Stanoklaming belgilanish sistemasi. Stanoklaming asosiy tarkibiy qismlari. Stanoklardagi harakat turlari. Tayanch so‘z va iboraiar: 1. Metall kesuvchi stanoklar. 2. Stanoklar- ning belgilanish sistemasi. 3. Stanoklaming tarkibiy qismlari. 4. Stanoklardagi harakat turlari. Metall kesuvchi stanoklaming mashinasozlikda tutgan o‘rniMetall kesuvchi stanoklar deb metall va boshqa kostruksion mate- riallardan tayyorlangan zagotovkalardan metall kesuvchi asboblar yordamida qirindi olib kesib ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo'ljallangan mashinalarga aytiladi. Hozirgi zamon metall kesuvchi stanoklari juda murakkab texnologik jarayonlami bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yuqori sifatli va aniq detallarni ishlab chiqarish texnologiyasidagi katta yutu- qlarning mavjudligi, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyaning qo'llanishiga qaramay kesib ishlash va unga mos ravishda metall kesuvchi stanoklaming mashinasozlikdagi ahamiyati pasaymayapti. Za- monaviy stanoklarda soatlar va priborlarning eng kichik elementlari- dan tortib, turbina, teploxod, prokat stanlari va boshqalarning o‘lchamlari bir necha metrlarga yetadigan detallariga ishlov beriladi. Shu tufayli stanoklaming gabaritlari ham har xildir. Ularning tarki- biga juda ko‘p mexanizmlar kirib, ular turli harakatlarni amalga oshi- rish va ish siklini boshqarish maqsadida mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi. Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to'xtovsiz rivojlanib bor- moqda. Stanoklaming aniqligi, quwati, ish unumdorligi, ishonch- liligi va uzoq muddat ishlay olish ko'rsatkichlari yaxshilanib bormoq- da. Ularning ekspluatatsion xarakteristikalari zamon talablariga mo- 60 slashmoqda, texnologik imkoniyatlari kengaymoqda, kompanovka va shakllari mukammallashmoqda. Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sanoat sohalarini ish unumdorligi yuqori va eng sifatli stanoklar bilan qurollantirib turish imkoniyatini yaratadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling