Metall kesuvchi
Download 1.05 Mb.
|
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm
0‘yish stanogining umumiy ko'rinishi 13.5-rasmda keltirilgan. 7430 modelli o‘yish stanogining texnik tavsifi quyidagicha: Ishlov o‘tadigan zagotovkaning balandligi /гтах=300 mm. Polzunning yurish masofasi /min = 125 mm; /max = 380 mm. Stolning diametri D=650 mm. 0‘yish keskiehi ishchi yurishining tezligi viy=5-16 m/min. Polzunning ikki marta yurishlari soni n=40-163 i.m.y./min. Bosh harakat elektr dvigateli quwati Nt= 5,2 kW. 117 13.4. Sidirish stanoklariSidirish stanoklari turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga yirik seriyali va keng ko‘lamli, ba’zi hollarda esa, mayda seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar yuqori ish unumdorligiga ega bo'lib, katta aniqlik (5....8 kvalitetlar) va sirt tozaligi (R= 2,5 ...0,32)ni ta’minlaydi. Sidirish stanoklarida faqat bitta harakat bor: bu protyajkaning il- garilama harakatidir. Kesilayotgan qatlam ko'ndalang kesimi protyajkaning konstruksiyasi tufayli ta’minlanadi — protyajkaning har bir keyingi tishi oldingisiga qaraganda o'lchamlari (balandligi) bo‘yicha kattaroq bo'ladi. Sidirish stanoklari quyidagicha tasnif qilinadi: Qo'llanilishi bo'yicha: ichki va tashqi sidirish stanoklari; Universallik darajasi bo'yicha: umumiy foydalaniladigan va universal stanoklar; Ish harakatining yo'nalishi va xarakteri bo'yicha: gorizontal, vertikal, uzluksiz harakatdagi (to‘g‘ri chiziqli, doiraviy yoki ularning kombinatsiyasidan iborat harakatlarga ega bo'lgan) stanoklar; Karetka yoki pozitsiyalar soni bo'yicha: bir, ikki yoki bir necha karetkali; bir (oddiy) va ko‘p (aylanuvchi stolli) pozitsiyali stanoklar. Bulardan eng ko‘p tarqalganlari: ichki sidirish uchun gorizontal, tashqi va ichki sidirish uchun vertikal va uzluksiz sidirish uchun gorizontal sidirish stanoklaridir. Zamonaviy sidirish stanoklari gidroyuritmali bo‘lib, harakat tez- ligini 1,5. 15 m/min oralig‘ida pog'onasiz boshqarishni ta’minlaydi. Faqat maxsus (qattiq qotishmali protyajkalar bilan tezkor usulda sidiruvchi) stanoklarda bu tezlik 60 m/min ga yetadi va ba’zan undan ham ortiq bo'ladi. Sidirish stanoklarining asosiy parametrlari—protyajkani tortish kuchi (P) va protyajkaning yurish uzunligi (I) dir. Bu ko‘rsatkichlar P=25 1000 kN va I <2500 mm gacha bo'ladi. Zamonaviy sidirish stanoklari yarim avtomatik va avtomatik re- jimda ishlay olishi sababli, ularni avtomatik liniyalar tarkibiga kiritish mumkin. 7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomati turli shaklga ega bo'lgan ichki teshiklarga keng ko'lamli, yirik va o‘rta seriyali hamda yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xiz- 118 mat qiladi. Yarim avtomat normal aniqlikka ega, tortish kuchi 100 kN, maksimal yurish uzunligi 1250 mm. Ish yurishi tezligi 1,5 11,5 m/min, salt yurish tezligi 20 m/min. Planshaybaga zagotovkani o‘rnatishda teshikning maksimal diametri 125 mm. Protyajkaning uzunligi Zmax=1365 mm; Zmin=400 mm. Protyajka aravacha (karetka) ga o'matiladi. 7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomatining (13.6-rasm) tuzilishi va ish prinsipi quyidagicha: Asosiy staninaga (7) gidrosilinr (2) o‘rnatilgan. Stanok sozlash, yarim avtomatik va avtomatik rejimlarda ishlaydi. Stanokning ish sikli boshqarish pulti (3) yordamida sozlanadi. Ishlov o‘tadigan zagotovka tayanch planshaybasiga (4) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki planshaybaga o'matiladigan oraliq moslama vositasida mahkamlanadi. Protyajka (5) o‘zining orqa dastasi bilan karetka (7) patroniga o‘matib mahkamlanadi. Protyajkaning chap qulflanadigan qismi kuch silindri (2) ning shtokiga o'matiladigan maxsus patronga biriktiriladi. Protyajkaning zagotovkaga yaqinlashuvi va uzoqlashuvi qo‘shimcha stanina (8) da joylashgan gidrosilinr yordamida bajariladi. Protyajka tushib ketmasligi uchun u roliklar (6) ustida yotadi. 3 4 5 6 7 8 2500> Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling