Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari


Download 130.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi130.29 Kb.
#1529294
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 - Ma\'ruza. QK

Zararli aralashmalar 
Fosfor va oltingugurt zararli aralashmalardir. Ammo, ularni po’lat 
tarkibidan butunlay chiqarib bo’lmaydi. Po’lat tarkibida fosfor miqdori 
0,045% dan oshsa, past harorat ta’siridan po’lat mo’rtligi ko’payadi. 
Oltingugurt miqdori 0,055% dan ortishi, po’latda, qizigan vaqtida, 
darzlar hosil bo’lishiga olib keladi. 
Azot 

0,008%, kislorod 

0,007%, vodorod 

0,0007%. Ichki
atomlararo bog’lanishini kamaytiradi va mo’rt ravishda sinishiga olib 
keladi.


konstruktiv yechimi tanlanadi. Metall konstruktsiyalardan bino va 
inshootlarni loyihalashda ayrim maxsus talablarga rioya qilish kerak. 
Inshootning bajaradigan vazifasiga qarab amalga oshiriladigan 
texnologik jarayonga to’la javob berishi, ushbu vazifani bajarishda 
qurilmalar ishonchli mustahkamlikka, bikrlikka va ustivorlikka ega 
bo’lishi lozim. Bunday talablarni bajarish uchun konstruktsiya va 
inshootning ratsionalp sxemasini tanlash, hisobiy va me’yoriy yuklarni 
aniq belgilash, zamonaviy hisoblash usullarini qo’llash va metallning 
navini to’g’ri tanlash kerak bo’ladi.
Po‘latlarni mustahkamligini oshirish yo‘llari. Po‘lat materiallarining yuk 
ostida ishlashi. Ma’lumki, barcha metallar polikristalll konstruktsiyaga ega buo‘lib, 
oddiy xolda kristallchalar metallning butun xajmi bo‘ylab betartib joylashadi.
Ishlov berilgan po‘latlarda esa kristalllar ma’lum tartib bilan joylashib, uning 
atomlari anik to‘g’ri burchakli davriy panjara hosil kiladi. Atomlarning joylashuv 
tartibi kristalllarning xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Atomlarning kristall panjaralari orasida doimiy o‘zaro ta’sir kuchi mavjud 
bo‘ladi. Agar belgilangan ikki atom orasida masofa katta bo‘lsa o‘zaro tortilish 
kuchi, agar masofa kichik bo‘lsa - bir-birini itarish kuchi mavjud bo‘ladi. Ushbu 
kuchlarning mavjudligi va ularning yunalishlariga qarab metallning xususiyatini 
belgilovchi kristalllanish hosil bo‘ladi. Zuriqtirilmagan erkin kristalllda kuchlarning 
yo‘nalishi uni tashkil etgan atomdagi kuchlarning yo‘nalishiga o‘xshaydi. Agar
kristallga tashqaridan zo‘riqish berilsa, panjaradagi atomlar bir-biriga nisbatan 
siljiydi va ular orasidagi ta’sir kuchlari xam o‘zgaradi. Siljish sababli hosil bo‘lgan 
ta’sir kuchi murakkab konuniyatga ega bo‘lsada, nisbatan kichik siljishlar uchun bu 
qonuniyatni chiziqli bog’lanish deb qarash mumkin (Guk konuni). 
Tashki ta’sir olinishi bilan atomlar kristall panjaradagi o‘zining dastlabki
o‘rniga qaytadi va jismning geometrik shakli boshlang’ich holatini egallaydi. Ushbu 
xususiyat metallning kayiqokligini belgilaydi va adabiyotlarda materialning 
elastiklik xususiyati deb qabul qilingan.
Tashki ta’sir yetarlicha katta bo‘lsa, plastik deformatsiya ro‘y beradi va 
kristalll panjarada qaytmas siljish hosil bo‘ladi. Siljish burchagi taxminan 45
0
burchak ostida bo‘lishi ko‘plab tajribalarda kuzatilgan (1 a-rasm) 
Yakka kristallning o‘zida plastik deformatsiya panjarani tashkil etgan 
zarrachalarning butun qismi bo‘ylab tekis siljiydi.
Bunday siljish natijasida oldingi atom o‘rniga uning ketidagi atom kelib 
o‘rnashadi, ya’ni hamma atomlar panjarada belgilangan o‘rinni egallaydi, faqat 
kristalllning tashqi shakli o‘zgaradi xolos. 
1 b- rasmdagi A-A chizik dislokatsiya chizig’i deyiladi. Kristalll panjaradagi 
atomlarning o‘zaro ta’sir kuchi qattiq jismlar fizikasidagi nazariy usullar bilan 
hisoblanadi. Ushbu usul bilan aniqlangan kuchlar orqali plastik deformatsiya hosil 


qiluvchi siljish zo‘riqishlarini ifoda etsak, tajribada kuzatilgan zo‘riqishlardan 
minglab marotaba katta qiymatlarni ko‘rsatadi. 
1-rasm. Monokristallning siljishi 
Nazariy hisob va tajribada kuzatilgan natijalardagi keskin fark shundan 
iboratki, plastik deformatsiya jarayonida atomlarning xammasi bir vaqtda emas, 
balki to‘lqinga o‘xshab ikkinchi holatga ketma-ket o‘tadi. Buning uchun kristall 
pranjarasida biror boshlang’ich nuqson bo‘lishi kifoya. Afsuski, bunday nuqsonlar 
xar xil shaklda kristalllarda doimo uchraydi. Nuqsonlarning ikki xili mavjud deb 
qabul qilingan: nuqtali nuqson va kristall panjarani muntazamlikdan chiqaruvchi 
chiziqli nuqsonlar (2-rasm).
2-rasm. Atom panjara nuqsonlari: a) panjara tugunida atom o‘rnini bo‘sh qolishi; 
b) panjara tugunida begona atomning bo‘lishi; v) panjara tugunida begona 
atomning bo‘lmasligi. 
Tabiatda aslida metallar xam mutlaq elastik hususiyatga ega emas, ozgina 
kuch ta’sirida xam plastik deformatsiya hosil bo‘lishi ayniqsa metallarga xos 
xususiyat hisoblanadi. Plastik deformatsiya hosil bo‘lishiga yuqoridagi nuqsonlar 
sabab bo‘lsada, bu nuqsonlar boshlang’ich yuklanish davrida unchalik sezilarli ta’sir 
ko‘rsatmaganligi sababli tashqi yuk ta’sirida deformatsiya chiziqli konuniyat bilan 
o‘zgaradi. 

Download 130.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling