Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari


Po‘latning kuchlanishlar kontsentratsiyasi ostida ishlashi


Download 130.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi130.29 Kb.
#1529294
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 - Ma\'ruza. QK

Po‘latning kuchlanishlar kontsentratsiyasi ostida ishlashi. Qurilish va 
mashinasozlik qurilmalarida xar xil ko‘rinishdagi o‘yiq, teshik va qirqimlar hosil 
qilinadi, odatda konstruktsiyalarda xar xil shakl va o‘lchamdagi yoriqlar bo‘lishi 
tabiiy hol hisoblanadi.
Kuzatishlar va tajribalardan ma’lumki, shunday joylarda kuchlanishlar 
notekis taqsimlanadi, ya’ni ayrim kesimlarda kuchlanishlarning kontsentratsiyasi-
to‘planishi kuzatiladi. Odatda kesimdagi kuchlanishlar oqimi biror to‘siqqa 
uchragach, uni aylanib o‘tadi va natijada kuchlanishlar oqimi boshqa joyda 
zichlashadi (6-rasm).
6-rasm. Kuchlanishlar izi (traektoriyasi) 
Metall 
konstruktsiyalarni 
hisoblash 
va 
loyihalashda 
kuchlanishlar 
kontsentratsiyasi hodisasini hisobga olish zarur, shu maqsadda kontsentratsiya 
koeffitsienti (K) kiritiladi (6-rasmga qaralsin). 
Maksimalь to‘plangan kuchlanish qiymatini kuchlanishning normalpь 
kesimdagi qiymatiga nisbati kontsentratsiya koeffitsienti deyiladi. Amaliy 
hisoblarda doiraviy, yarim doiraviy teshiklarda kuchlanishlar kontsentratsiyasi 2-3, 
o‘tkir uchli o‘yiqlar (to‘rtburchak, uchburchak, kvadrat va x.k) uchun 9-10 ga teng 
qilib olinadi. 
Metall konstruktsiyalar yuk ko‘tarish qobiliyatining to‘satdan yo‘qotilishi va 
buzilishi kuchlanishlar kontsentratsiyasi sababli ro‘y beradi. Kuchlanishlar 


kontsentratsiyasini aniq hisoblash kiyin, shu sababli uning salbiy ta’sirini 
kamaytirish va buzilishining oldini olish uchun konstruktiv tadbirlar ko‘zda tutiladi. 
Metallarning zarbiy qovushqoqligi. Metallarning zarbiy qovushoqligi 
ularning eng muhim mexanik xossalaridan biri bo‘lib, metallning, jumladan 
po‘latning sifatini belgilovchi standartlar qatoriga kiritilgan. 
Metallarning zarbiy kovushoqligi maxsus tayyorlangan namunalarni mexanik 
sinash bilan aniqlanadi. Buning uchun yaxlit qismida ko‘ndalang kesimi 10x10 mm 
va o‘rtasida o‘lchami 2x2 mm li o‘yik hosil qilingan standart namuna (5.7-rasm) 
maxsus qurilma-mayatnikli kopyorda sinaladi. 
7-rasm. Zarbiy kovushoqlikka
8-rasm. Po‘latning zarbiy 
sinash namunasi (o‘lchamlar mm da)
yuk ta’siridagi grafigi. 
Sinaluvchi namuna katta tezlikda zarb bilan urib deformatsiyalanadi va 
sinishga qanchalik moyilligi, ya’ni zarbiy kovushoqligi aniqlanadi. 

Download 130.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling