Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari
Po‘latning kuchlanishlar kontsentratsiyasi ostida ishlashi
Download 130.29 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Ma\'ruza. QK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarning zarbiy qovushqoqligi
Po‘latning kuchlanishlar kontsentratsiyasi ostida ishlashi. Qurilish va
mashinasozlik qurilmalarida xar xil ko‘rinishdagi o‘yiq, teshik va qirqimlar hosil qilinadi, odatda konstruktsiyalarda xar xil shakl va o‘lchamdagi yoriqlar bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi. Kuzatishlar va tajribalardan ma’lumki, shunday joylarda kuchlanishlar notekis taqsimlanadi, ya’ni ayrim kesimlarda kuchlanishlarning kontsentratsiyasi- to‘planishi kuzatiladi. Odatda kesimdagi kuchlanishlar oqimi biror to‘siqqa uchragach, uni aylanib o‘tadi va natijada kuchlanishlar oqimi boshqa joyda zichlashadi (6-rasm). 6-rasm. Kuchlanishlar izi (traektoriyasi) Metall konstruktsiyalarni hisoblash va loyihalashda kuchlanishlar kontsentratsiyasi hodisasini hisobga olish zarur, shu maqsadda kontsentratsiya koeffitsienti (K) kiritiladi (6-rasmga qaralsin). Maksimalь to‘plangan kuchlanish qiymatini kuchlanishning normalpь kesimdagi qiymatiga nisbati kontsentratsiya koeffitsienti deyiladi. Amaliy hisoblarda doiraviy, yarim doiraviy teshiklarda kuchlanishlar kontsentratsiyasi 2-3, o‘tkir uchli o‘yiqlar (to‘rtburchak, uchburchak, kvadrat va x.k) uchun 9-10 ga teng qilib olinadi. Metall konstruktsiyalar yuk ko‘tarish qobiliyatining to‘satdan yo‘qotilishi va buzilishi kuchlanishlar kontsentratsiyasi sababli ro‘y beradi. Kuchlanishlar kontsentratsiyasini aniq hisoblash kiyin, shu sababli uning salbiy ta’sirini kamaytirish va buzilishining oldini olish uchun konstruktiv tadbirlar ko‘zda tutiladi. Metallarning zarbiy qovushqoqligi. Metallarning zarbiy qovushoqligi ularning eng muhim mexanik xossalaridan biri bo‘lib, metallning, jumladan po‘latning sifatini belgilovchi standartlar qatoriga kiritilgan. Metallarning zarbiy kovushoqligi maxsus tayyorlangan namunalarni mexanik sinash bilan aniqlanadi. Buning uchun yaxlit qismida ko‘ndalang kesimi 10x10 mm va o‘rtasida o‘lchami 2x2 mm li o‘yik hosil qilingan standart namuna (5.7-rasm) maxsus qurilma-mayatnikli kopyorda sinaladi. 7-rasm. Zarbiy kovushoqlikka 8-rasm. Po‘latning zarbiy sinash namunasi (o‘lchamlar mm da) yuk ta’siridagi grafigi. Sinaluvchi namuna katta tezlikda zarb bilan urib deformatsiyalanadi va sinishga qanchalik moyilligi, ya’ni zarbiy kovushoqligi aniqlanadi. Download 130.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling