Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari
Download 130.29 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Ma\'ruza. QK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Po‘latning takrorlanuvchan yuk ostida ishlashi.
Zarbiy qovushoqlik namunani to‘la sindirish uchun bajarilgan solishtirma ish
bilan o‘lchanadi, bunda sinalayotgan namunani sindirishga sarflangan to‘la ish hisoblanadi va namunadagi o‘yiqli joyning kesim yuzasiga bo‘linadi. Demak, metallning zarbiy qovushoqligi SI tizimida joul/m 2 (kilojoul/m 2 ) da o‘lchanadi. Metallarning zarbiy qovushoqligi ularning mo‘rt buzilishga moyilligi va kuchlanishlar kontsentratsiyasining ta’sirini ifoda etuvchi omil hisoblanadi. Yumshoq po‘latdan tayyorlanib sinalgan po‘latlarning zarbiy (D) va statik (S) yuklanishdagi deformatsiya diagrammasi 5.8-rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, zarb ta’sirida statik yuklanishga nisbatan namuna birmuncha kam deformatsiyalanib, yemirilgani uchun mos diagrammaning ordinatasi baland bo‘lsa xam, statik yuk ta’sirida sinalgan namuna diagrammasiga nisbatan pastroq bo‘ladi. Po‘lat namuna statik yuk ta’sirida sinalganda-plastiklik xususiyatini ko‘rsatadi, zarb ta’sirida esa o‘zining mo‘rtlik xossasini namoyon etadi. SHuning uchun zarb kuchini qabul qiluvchi konstruktsiyalarni hisoblash va loyihalashda zarbiy qovushoqlik ko‘rsatkichini e’tiborga olish kerak. Po‘latning takrorlanuvchan yuk ostida ishlashi. Ayrim metall konstruktsiyalar foydalanish davrida takrorlanuvchi yuklar ostida ishlashi mumkin. Agar yuklanish davomida konstruktsiya materiali elastiklik chegarasida ishlasa, takrorlanuvchi yuklar ta’siridagi deformatsiya ham takrorlanuvchi o‘zgarmas bo‘ladi. Yuk elastiklik chegarasidan yuqoriroq kuchlanish hosil qilsa, qoldiq deformatsiya qosil bo‘lishi kuzatiladi (9-rasm). 9-rasm. Po‘latning takroriy yuklar ostida deformatsiyalanishi Konstruktsiya materialiga yetarlicha dam berilsa, uning elastiklik xususiyati qayta tiklanadi va bu hodisa texnikada «naklep» hodisasi deb ataladi. SHunda po‘latning plastiklik xossasi pasayib, mo‘rtligi ortadi. Naklep hodisasidan alyuminiy qotishmalari va temirbeton konstruktsiyalari armaturasining mustahkamligini oshirishda foydalaniladi. Uzluksiz ko‘p martalab yuklash natijasida metallning toliqishi (charchashi) ro‘y beradi. Kuchlanishlarning ruhsat etilganidan kam bo‘lishiga qaramay, toliqish natijasida konstruktsiyada har xil darzlar paydo bo‘ladi. Toliqish natijasida metallning qovushoq holatdan sekin-asta mo‘rt holatga o‘tishi kuzatiladi. Konstruktsiyaning yaroqsiz holga kelishi kuchlanish va deformatsiyaning o‘zgaruvchanligidan konstruktsiya sirtida mayda darzlar hosil bo‘lishi va shu joylarda zo‘riqishning borgan sari ortishi (maxalliy kontsentratsiya) sababli sodir bo‘ladi. Takrorlanuvchi kuchlar ta’siri uzluksiz bo‘lsa, kuchlanish qiymati ma’lum miqdordan ortgandan so‘ng metallda toliqish yuz beradi. Kuchlanishning shu qiymati toliqishdagi chidamlilik chegarasi deb ataladi. Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, po‘latni toliqishi uchun takroriy yuklanishlar soni =2 . 10 6 qabul qilish mumkin. Po‘lat uchun yuklanishlar soni va buzuvchi kuchlanish orasidagi bog’lanish 10-rasmda ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, yuklanishlar soni ortishi bilan po‘lat namunaning mustaxkamligi kamaya boradi va kat’iy bir me’yorga yetgach, (Gvb) yuklanishlar soni qancha bo‘lishidan kat’iy nazar buzilish sodir bo‘ladi. Ushbu miqdor po‘latning toliqish mustahkamligi deyiladi. 10-rasm. Yuklashlar soni va buzuvchi kuchlanish orasidagi bog’lanish Toliqishdagi mustahkamlik yuklanishlar sonidan tashqari yuklanish turiga xam bog’liq bo‘ladi va asimmetriya koeffitsienti bilan baholanadi. Takrorlanuvchi yuklanishda eng katta kuchlanishning min ga nisbati assimetriya koeffitsienti deyiladi, ya’ni r= max / min . Yuklanishning asimmetriklik xususiyati 11-rasmda ko‘rsatilgan. 11-rasm. Yuklanishning asimmetriklik xususiyati: a-bir ishorali asimmetrik tsikl; b-to‘lik bir ishorali tsikl; v-to‘lik xar-xil ishorali tsikl. Po‘latning tolikishi nafakat yuklanishlar soniga, balki xar bir yuklanishda hosil bo‘ladigan katta kuchlanishlar hosil bo‘lishiga xam bog’liq bo‘lishi isbotlangan, masalan, suyuqliklar saqlanadigan sig’imlarni tez-tez to‘liq to‘ldirish va bo‘shatish, issiq almashtirgich apparatlaridagi ichki bosimni keskin oshirish va pasaytirishda po‘latning toliqishi tezlashadi. Agar konstruktsiyada kuchlanishlar kontsentratsiyasi sodir bo‘lmasa yoki uning miqdori kichik bo‘lsa, toliqishga mustahkamligini oshirish uchun kam uglerodli yumshoq po‘lat o‘rniga yuqori mustahkamlikka ega pqlat ishlatish tavsiya etiladi. Agar konstruktsiyada kuchlanishlar kontsentratsiyasi katta bo‘lsa quyidagi tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak: - zo‘riqishlar kontsentratsiyasi kichik bo‘lgan konstruktsiyalarni qo‘llash; - o‘yiq va teshiklarning qirra va uchlariga silliqlab ishlov berib kuchlanishlar kontsentratsiyasini kamaytirish; - zo‘riqishlar oqimini o‘tkir kirralardan chetga o‘tkazish; - teskari yo‘nalishda zo‘riqish hosil qiluvchi tadbirlar belgilash; - metall sirtida naklep hosil qiluvchi, sikuvchi kuchlanishlar xosil kilish. Download 130.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling