Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari


o bilan belgilanadi. Diagrammadagi S  nuhta kritik nuqta


Download 130.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi130.29 Kb.
#1529294
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 - Ma\'ruza. QK

o
bilan belgilanadi. Diagrammadagi S 
nuhta kritik nuqta deb ataladi. 


Yuklanishni davom ettirsak, oqish chegarasidan o‘tgach, deformatsiyaga 
qarshilik ko‘rsatish davom etadi, ammo endi uning uzayishi kuchlanishdan tezroq 
o‘sadi; qoldiq deformatsiya xam jadallik bilan o‘sadi. Po‘latning oqish 
chegarasidagi kuchlanish mikdori eng muhim mexanik ko‘rsatkichdir, chunki u 
po‘lat konstruktsiyada yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qoldiq deformatsiyani vujudga 
keltiradi. 
Oquvchanlikning boshlanishi dislokatsiyalar zichligining ortishi va siljish 
chiziqlarining ko‘payishi deb tushuniladi. SHunday deformatsiya ro‘y berganda 
po‘latdagi cho‘zilish 1,5-3% ni tashkil etadi. 
Po‘lat namunasini cho‘zilishga sinashda uning oqish chegarasini aniq 
belgilash mumkin: uzish mashinasining kuchlanishni ko‘rsatuvchi mili bir on 
to‘xtab qoladi, ammo deformatsiya o‘sishdan to‘xtamaydi. Namunani kuzatsak
undagi sillik yaltiroq sirt xiralasha boshlaydi va asta-sekin sut rangini oladi, sirt 
sinchiklab tekshirilsa, namunaning o‘qiga taxminan 45
0
burchak ostida bilinar-
bilinmas chiziqlar paydo bo‘ladi. (5-rasm). Ushbu chiziqlar Lyuders chiziqlari deb 
ataladi va ularning paydo bo‘lishi kristalllarning siljishidan dalolat beradi. 
5-rasm. Lyuders chiziqlari. 
CHo‘zilish diagrammasining oqish chegarasidan keyingi davomi aniq egri 
chizik shaklida yukoriga qavargan holda bo‘ladi. Bu bosqich po‘latning o‘z-o‘zidan 
mustahkamlanish bosqichi deb ataladi.
Kuchlanish va deformatsiya orasidagi bu bog’lanish po‘latning mustahkamlik 
chegarasini belgilaydi. Eng katta kuchning namunaning boshlang’ich ko‘ndalang 
kesim yuzasiga nisbatidan aniqlangan kuchlanish mustahkamlik chegarasi deb 
ataladi va 

m
(vaqtinchalik qarshiligi ham deyiladi) bilan belgilanadi. 
Kuchlanishning 
miqdori 
mustahkamlik 
chegarasiga 
yetganidan 
so‘ng
(diagrammada V nukqa) namunada maxalliy torayish boshlanadi va «bo‘yincha» 
hosil bo‘lib, uzilish ruy beradi. 
Metallning mustahkamlik chegarasi, mo‘rt materiallar, masalan, cho‘yan, 
toblangan po‘lat, sovuq holda ishlov berilgan po‘latlar uchun ayniqsa muhim 
hisoblanadi, chunki ularda kuchli deformatsiyalanish bo‘lmaydi. 
CHo‘zilish diagrammasining D nuqtasidagi kuchlanishda namuna uziladi, 
ya’ni uzilish nuqtasi mustahkamlik chegarasidan biroz pastroqda bo‘ladi. Buning 
sababi shundan iboratki, 

m
kuchlanishni hisoblashda namunaning ko‘ndalang 
kesim yuzasi boshlang’ich yuza bilan tenglashtirilgan edi, aslida esa bo‘yinchaning 
yuzasi kamrok bo‘ladi. 


Po‘latning muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 
mexanik xususiyatlari oquvchanlik chegarasi - 

o
, vaqtinchalik qarshiligi - 

m
va 
nisbiy cho‘zilishi bo‘lib shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha standartlar belgilanadi.

Download 130.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling