Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari
Download 130.29 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Ma\'ruza. QK
2-MA’RUZA: Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari. Po‘latlarning statik yuk ostida ishlashi. Reja 1. Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari. 2. Kimyoviy tarkibi, molekulyar strukturasini tuzilishi. 3. Po‘latlarni mustahkamligini oshirish yo‘llari. Po‘lat materiallarining yuk ostida ishlashi. 4. Po‘latning cho‘zilish diagrammasi. 5. Po‘latning kuchlanishlar kontsentratsiyasi ostida ishlashi. 6. Metallarning zarbiy qovushqoqligi. 7. Po‘latning takrorlanuvchan yuk ostida ishlashi. Metall qanday ko’rsatkichlariga qarab baholanadi? Metall konstruktiv material bo’lganligi tufayli uning mexanik xususiyatlariga, payvandlanuvchanligiga va uzoq muddat ishlashiga qarab baholanadi. Po’latni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, mo’rtlik darajasi, yuqori haroratda «oquvchanligi» sifatini belgilaydi. p o ’ t a ’ Payvandlanuvchanlik nimaga bog’liq? Payvandlanuvchanlik po’latning kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq. katta ta’sir ko’rsatadi. Konstruktsiyada po’latning uzoq muddat ishlashiga va uning kuchlanganlik holatiga tashqi ta’sirlarning miqdori yo’nalishi va ta’sir tezligi Po’latlarning mexanik xususiyatlari ichki atom tuzulishiga bog’liq. Uning asosini ferrit degan zarrachalar tashkil qiladi. Ferrit o’zi kam mustahkamga ega va o’ta plastik materialdir. Uning mustahkamligini oshirish uchun uglerod qo’shiladi (kam uglerodli po’lat) yoki boshqa metall qo’shishadi (marganets, kremniy, vanadiy, xrom va b.). Legirlash va toblash usullar bilan baland mustahkamlikga ega po’lat olinadi. Kam uglerodli po’latning atom strukturasi kub shakliga o’xshagan. Kub markazida uglerod atomi joylashadi, qirralarining uchida temir G’e atomi turadi. G’e 3 S-qorishma ferrit, karbid-tsementit paydo bo’ladi. Kam legirlangan po’latlarning atom strukturasi ham kam uglerodli po’latning atom tuzilishiga o’xshaydi. oddiy mustaxkamlikka ega po’latlar - oquvchanlik chegarasi 285 MPa gacha bulgan kam uglerodli po’latlar va qaynagan, yarim sokin va sokin darajali (S38/23); mustaxkamligi oshirilgan po’latlar - oquvchanlik chegarasi 280 MPa dan 350 MPa gacha bo’lgan (qalinligi 40 mm gacha) past legirlangan po’latlar (S44/29, S46/33, S85/75); yuqori mustaxkamlikka ega po’latlar - oquvchanlik chegarasi 390 MPa dan 590 MPa gacha, vaqtinchalik qarshiligi 685 MPa dan oshmagan va nisbiy uzayishi 14% dan kam bo’lmagan, issiqlik bilan ishlov berilgan po’latlar (S60/45, S70/60, S85/75). Download 130.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling