Metall konstruktsiyalarida ishlatiladigan po’latlarning asosiy xususiyatlari
Download 130.29 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Ma\'ruza. QK
Po‘latning
cho‘zilish diagrammasi. Metallardan tayyorlangan konstruktsiyalarni hisoblash va loyihalash uchun ularning mexanik xossalarini bilish zarur. Metallarning hususiyatini miqdoran baholash uchun maxsus tajriba va sinovlar o‘tkaziladi. Materiallarni, jumladan, po‘latni mexanik hususiyatlarini aniqlashda cho‘zilishga sinash eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. Buning sababi birinchidan, б) а) boshqa turdagi deformatsiyalar uchun xam shu tajribada olingan xulosalardan foydalanish mumkin, ikkinchidan cho‘zilishga sinash tajribasi oson o‘tkaziladi va ishonchli natija beradi. Po‘latni cho‘zilishga sinash uchun qabul qilingan namuna odatda, doiraviy kesimli bo‘ladi va uning hisobiy uzunligi =10d qilib tayyorlanadi. Po‘lat namunalari maxsus mashinalarda (uzish mashinalarida) sinovdan o‘tkaziladi. 3-rasm. Po‘latni cho‘zilishga sinash namunasi Sinash natijasidan namuna kesimidagi kuchlanish va chuzilish deformatsiyasi orasidagi boьlanishni ifodalovchi grafik kuriladi. Xar xil navli po‘latlarning cho‘zilishdagi diagrammasi deyarli barcha maxsus adabiyotlarda ko‘rsatiladi va sharxlanadi. Qurilish po‘lati (St3)ning cho‘zilishdagi diagrammasini tahlil qilamiz va undagi o‘ziga xos jarayonlarni ko‘rib chiqamiz (4- rasm). 4-rasm. Kam uglerodli po‘latning cho‘zilish diagrammasi Sinash diagrammasidan ko‘rinib turibdiki, kuchlanish ma’lum miqdorga yetguncha kuchlanish va nisbiy cho‘zilish orasidagi munosabat to‘g’ri mutanosiblik (proportsionallik) qonuni bilan o‘zgaradi va bu diagrammada A nuqtada nihoyasiga yetadi. SHu nuqta po‘lat uchun mutanosiblik (proportsionallik) chegarasi deb ataluvchi kuchlanishga to‘g’ri keladi va p bilan belgilanadi. Yuklanish ortsa, shu nuqtadan boshlab mutanosiblik saqlanmaydi, ammo S nuktagacha materialning elastiklik hususiyati saqlanib koladi, ya’ni yuk olinsa, qoldiq deformatsiya bo‘lmaydi: shu sababli AS oraliq po‘latning elastiklik chegarasidagi kuchlanishi deb ataladi va e bilan belgilanadi. Yuklanishning shu bosqichida kristall panjaradagi atomlar siljiydi, yuk olinsa o‘z o‘rniga qaytadi. Agar yuk mikdori yana oshirilsa, kuchlanish va deformatsiya orasidagi mutanosiblik sezilarli buzila boradi va bu jarayonda chiziqli dislokatsiya sodir bo‘ladi. Po‘latning yuk ostida deformatsiyalanishning bu bosqichiga SE qism to‘g’ri keladi va bunda kuchlanish ortmasa ham uzayish o‘sa boradi. Bu hodisa po‘latning oquvchanligi deyiladi. Oqish chegarasidagi kuchlanish Download 130.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling