Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish
Kokslash va neft va uni qayta ishlash mavzulari bo’yicha kimyoviy eksperementlar o’tkazish
Download 141.03 Kb.
|
Experiment shp777
3.1 Kokslash va neft va uni qayta ishlash mavzulari bo’yicha kimyoviy eksperementlar o’tkazish. Neftkimyo sanoatida ishlatiladigan neft va gaz uglevodorod xomashyolari alifatik, sikloalifatik va aromatic qatorga mansub. Аlifatik uglevodorodlarga paraffin uglevodorodlari, olefinlar, diolefinlar va atsetilenlar kiradi. Neftkimyoda sikloalifatik uglevodorodlardan eng ko‘p ishlatiladigan siklogeksandir. Neftkimyo korxonalarida olinadigan va qayta ishlanadigan aromatic uglevodorodlar qatoriga benzol, toluol, ksilollar hamda etil va izopropilbenzollarm kiradi. Kichikroq ko‘lamda bitsiklik aromatic uglevodorodlar naftalin va uning gomologlari olinadi. Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, neftkimyo sintezi uchun xomashyo sifatida quyidagi turli gaz holidagi, suyuq va qattiq uglevodorodlar ishlatiladi: 1) to‘yingan uglevodorodlar (metan, etan, propan, butan va boshqalar); 2) to‘yinmagan uglevodorodlar: monoolefinlar (etilen, propilen, butenlar, pentenlar, yuqori olefinlar), atsetilen va dien (butadiene – 1,3, izopren) uglevodorodlar; 3) aromatic uglevodorodlar (benzol, toluol, alkilbenzollar, naftalin); 4) alitsiklik uglevodorodlar: naftenlar (siklopentan, siklogeksan), sikloolefinlar (siklogeksen), siklodienlar (siklopentadien, siklogeksadien va boshqalar). I. Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari
Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari quyidagilar: 1. Neft yo‘ldosh gazi. 2. Gazli benzin. 3. Tabiiy gaz. 4. Gaz kondensati konlarining suyuq va gaz holidagi uglevodorodlari. 5. Neftni qayta ishlash zavodlari gazlari (distillatlar va qoldiqlar). 6. Suyuq neft mahsulotlari (distillatlar va qoldiqlar). Neft yo‘ldosh gazi «Хom» neft bilan birga chiqadigan gaz holidagi uglevodorodlarni neft yo‘ldosh gazi deb atash qabul qilingan. Yer osti bosimi sharoitida gaz neftda erigan bo‘ladi va neftni qazib chiqarilish jarayonida, bosimning pasayishi natijasida u ajraladi. Neft qazib chiqarilganda gaz maxsus separatorlarda neftdan ajratiladi. Biroq bunda neft tarkibida bir qism erigan gaz holidagi uglevodorodlar qolib ketadi, yo‘ldosh gaz tarkibiga esa ma’lum miqdorda yengil benzin fraksiyalari ham o‘tib qoladi. Gaz holidagi uglevodorodlarni to‘laroq ajratib olish va gaz holidagi hamda suyuq uglevodorodlarni keying ]yo‘qotilishini kamaytirish maqsadlarida neft fizik stabilizatsiyalanadi, yo‘ldosh gaz esa neftni barqarorlashdagi gaz bilan gazobenzin zavodiga, m undan suyuq uglevodorodlarni fraksiyalarga ajratishga jo‘natiladi. Neft yo‘ldosh gazi metandan pentanlargacha bo‘lgan to‘yingan uglevodorodlardan tarkib topgan va bir qancha miqdorda inert gazlar ham saqlaydi; ayrim konlar yo‘ldosh gazlari tarkibida erkin vodorod sulfide ham mavjud bo‘ladi. Аyrim neft yo‘ldosh gazlarining tarkibi 2-jadvaldam keltirilgan. Ushbu gazlar uchun metanning yuqorim miqdori va qimmatli uglevodorodlar komponenti bo‘lgan etan, propan va butanlarning bir qancha miqdori mavjud. Download 141.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling