Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


-tajriba.Fosforni oksidlab fosfat kislota olish


Download 141.03 Kb.
bet17/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
Experiment shp777

12-tajriba.Fosforni oksidlab fosfat kislota olish. (Tajtiba mo`rili shkafda o`tkaziladi). Chinni kosachani temir shtativ halqasiga o`rnating. Unga no`xat kattalaligida qizil fosfor solib, ustiga konsentrlangan nitrat kislota (d=1,4) eritmasidan 5-6 ml qo`yib, qizdiring. Shunday qilingki, qizil fosforning hammasi reaksiyaga kirsin. Agar fosfor ortib qolsa yana ozroq nitrat kislota eritmasidan qo`shib qizdirishni davom ettiring. Fosforning hammasi reaksiyaga kirishgandan keyin, ortiqcha nitrat kislota bo`lmasligi uchun eritmani bug`lating. Qoldiqni suv bilan suyultirib, eritma kuchsiz kislotali muhitga ega bo`lguncha soda eritmasi bilan neytrallang va ustiga kumush nitrat eritmasidan quyib chayqating. Tajriba natijasiga qarab qanday kislota hosil bo`lganligi va yana qanday moddalar hosil bo`lishi haqida xulosa chiqaring. Reaksiyalarning tenglamalarini yozing.


13-tajriba. Silikat kislota gelining olinishi. Probirkaga 4 ml natriy silikatning 10 % li eritmasidan solinib, unga 2 ml 2 n xlorid kislota eritmasidan qo`shing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtiring va silikat kislota (H2SiO3) gelining hosil bo`lganligini kuzating. Silikat kislota hosil qilinganligini ko’rsatish uchun probirkani to’nkarib, gel to’kilmasligini ko’rsatish mumkin. Reaksiyalar tenglamalarini yozing

2.5 To’yingan uglevodorodlarga oid kimyoviy eksperementlar o’tkazish.
1 - amaliy mashq. To`yingan uglevodorodlaming vakillaridan (С6Н14 yoki C7H16) birining izomerlarini yozib, ularni ratsional va IYuPAK nomenklaturalari yordamida nomlanishi.
1- tajriba. Metan olish va uning xossalarini o`rganish.
Reaktivlar: natriy atsetat, natron ohak (NaOH+Ca(OH)2aralashmasi), bromli suv, 1% li kaliy permanganat eritmasi.
Quruq probirkaga bir qism natriy atsetat va ikki qism natron ohakdan iborat aralashmadan 2 gr solinadi. Probirkaning og`zi gaz chiqish nayi o`rnatilgan tiqin bilan berkitiladi va probirka qisqich yordamida shtativga o`rnatiladi. Nayning ikkinchi uchi suvli boshqa probirkaga tushiriladi. Shundan so`ng aralashmali probirka gorelka alangasida qizdiriladi, gaz holidagi mahsulot metan hosil bo`lishi kuzatiladi. Ajralib chiqayotgan gazga nay og`zida gugurt alangasi tutilsa, u ko`kimtir alanga berib yonadi. Demak, bu gaz - metan. CH3COONa + NaOH CH4 + Na2CO3 CH4 + 2O2 CO2 + H2O
Ajralib chiqqan gaz avval bromli suv solingan probirkadagi eritma orqali, keyin kaliy permanganat solingan probirkadagi eritmadan o`tkaziladi. Ikkala holatda ham eritmalar rangi o`zgarmaydi, ya`ni reaksiya amalga oshmaydi. Bu tajriba ham ajralib chiqqan gaz metan ekanligini tasdiqlaydi.
2- tajriba. Alkanlarni konsentrlangan mineral kislotalar bilan ta`siri. Reaktivlar: geksan, kons. H2SO 4 , kons. HNO3 Probirkaga 1 ml geksan solib, unga teng miqdorda kons. H2SO 4 aralashtiriladi. Bunda aralashma suv bilan sovutib turiladi. Geksan rangining o`zgarmasligi to`yingan uglevodorodlarning inertligini ko`rsatadi. Xuddi shunday tajriba kons.HNO 3 bilan o`tkazilganda ham eritma rangi o`zgarmaydi. Demak, to`yingan uglevodorodlarga nitrat kislota ham ta`sir etmaydi.
3 - tajriba. Alkanlarga kaliy permanganatning ta`siri. Reaktivlar: geksan, 1% li kaliy permanganat eritmasi 5% li natriy karbonat eritmasi. Probirkadagi 1ml geksanga 1ml soda eritmasi va bir necha tomchi kaliy permanganat eritmasi qo`shiladi va qattiq chayqatiladi. Kaliy permanganatga xos binafsha ran g yo`qolmaydi, chunki geksan va to`yingan uglevodorodlar bu sharoitda oksidlanmaydi.


Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling