Metallurgiya


Magnit separatorli mashinada boyitish


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Magnit separatorli mashinada boyitish. Bunda maydalangan magnit 
temirtosh magnit separatorning uzluksiz harakatlanuvchi lentasiga yuklab turiladi. 


182 
Ruda elektromagnitning ta'sir zonasiga kirganda, uning temir (Fe
3
O
4
) oksidli qismi 
elektromagnitga tortilib, bekorchi jinslardan tozalanadi. Boyigan temir ruda 
elektromagnitning ta'sir zonasidan chiqqach tashqaridagi maxsus yashikka ortila 
boradi. 
Mayda rudalarni yiriklashtirish. Rudalarni qazib olishda, elashda ko‘plab 
chang holdagi chiqindilar yig‘iladi. Bulardan ma'lum o‘lchamli (10 - 40 mm) 
boyitmalar olish uchun maxsus tarkibdagi maydalangan shixta (40 - 50% temir 
ruda, 15 - 20% ohaktosh, 20 - 30% boyitma, 4 - 6% koks, 6 - 9% suv) aralashmasi 
mashina qoliplariga kiritilib, 1300 - 1500ºC haroratda qizdirilib pishiriladi. 
Pishirish davomida rudadagi zararli begona jinslarning bir qismi (S, As) 
karbonatlar parchalanishi natijasida ajralib, qisman suyuq faza xosil bo‘ladi. Bu 
suyuq faza yordamida zarrachalar o‘zaro bog‘lanib, flyusli g‘ovak boyitma 
(aglomerat) olinadi. (Ba'zi hollarda mayda rudalarga bog‘lovchi material sifatida 
gil, smola qo‘shilib, ularni pressformada presslab briketlar ham olinadi.) 
Keyingi yillarda mayda temir rudalarga va boyitmalarga ma'lum miqdorda 
oxaktosh va koks maydalari, bir oz bentonit gil qo‘shib suv bilan qorishtirilgan 
massa sayoz idish (granulyator) da yoki aylanuvchi barabanlarda ishlov berib
diametri 25 - 30 mm li g‘ovak sharsimon bo‘lak (okatish) lar olinadi. Ularni 
pechda 1300 - 1400ºC haroratda qizdirib, pishirilgandan so‘ng saralanadi. 
Okatishlar aglomeratlardan puhtaroq bo‘ladi. Okatishlardan foydalanish koksni 
tejash imkonini beradi. 
O‘rtachalashtirish. Metallurgiya korxonalariga rudalar doim bitta 
shahtadan keltirilmaganligi uchun ularning kimyoviy tarkibi turlicha bo‘ladi. 
Shuning uchun ularning tarkibini o‘rtachalashtirish talab etiladi, chunki shixta 
materiallari kimyoviy tarkibining bir xil bo‘lishi pechning ish unumini belgilovchi 
asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan rudalarni 
o‘rtacha kimyoviy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan rudalar o‘zaro 
aralashtiriladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling