Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Ichki energiya – sistemani tashkil etgan hamma tarkibiy bo‘laklarning bir-
biriga ta’sirini potensial energiyasi bilan ularning harakat kinetik energiyalari 
yig‘indisiga teng.
Termodinamikaning 1-qonuni: energiya yo‘qdan bor bo‘lmaydi yoki 
abadiy dvigatel yaratib bo‘lmaydi. 
∆Q=∆U+A 
Bu yerda: Q – berilgan issiqlik miqdori; ΔU – ichki energiya o‘zgarishi; A – 
bajarilgan ish.
Bu termodinamika birinchi qonunining matematik ifodasidir. Shunday qilib, 
termodinamik sistemaga berilgan issiqlik miqdori (∆Q) uning ichki energiyasi 
(∆U) ortishiga va sistemani tashqi kuchlarga nisbatan (A) ish bajarishiga sarf 
bo‘ladi.
Malumki, barcha jarayonlar sistema energiyasining o‘zgarishi bilan amalga 
oshadi. Umuman, har qanday jarayonning borishi energiyaning saqlanish qonuniga 
bo‘ysunadi. Masalan, bir jismga ortiqcha issiqlik berilsa (qizdirilsa), avval jism 
qiziy boshlaydi, ya’ni uning ichki energiyasi (atom, molekula va boshqa 


12 
zarrachalar energiyalari yig‘indisi) o‘zgaradi, keyinchalik bu jism o‘zidan atrof 
muhitga issiqlik chiqara boshlaydi, ya’ni tashqi muhitga nisbatan ish bajaradi.
Jarayonlar (reaksiyalar) o‘zgarmas hajmda borishi mumkin. Bunday 
jarayonni izoxorik jarayon deyiladi (V = const, ΔV = 0).
Ba’zi jarayonlar o‘zgarmas bosimda borishi mumkin, Bunday jarayonlar 
izobarik jarayonlar deyiladi (P = const, ΔP = 0).
Izoxorik jarayonda bajarilgan ish A = P ∙ ΔV ekanligini e’tiborga olsak, u 
holda izoxorik jarayonlarning issiqlik effekti: Q
v
= ΔU + P ΔV bo‘lib, A = P ∙ ΔV 
= 0 bo‘lgani uchun Q
v
= ΔU bo‘ladi. Demak, hajm o‘zgarmasdan boradigan 
jarayonlarning issiqlik effekti shu sistema ichki energiyasining o‘zgarishiga teng. 
Ichki energiya boshqa turdagi energiyalar singari sistema holatining funksiyasi 
hisoblanib, sistemaning dastlabki holati bilan oxirgi holatiga bog‘liq:
ΔU = U
ox
– U
bosh

Bu yerda: U
ox
va U
bosh
– sistemaning oxirgi va dastlabki holatdagi ichki 
energiyalari, kJ/mol.
Izobarik jarayonlar uchun Q
p
= ΔU + PV bo‘ladi. Ularning qiymatlari 
o‘rniga qo‘yilsa, ΔU = U
2
– U
1
va ΔV = V
2
– V
1
ekanligini e’tiborga olsak, Q
p

(U
2
– U
1
) + P(V
2
– V
1
) = (U
2
+ PV
2
) – (U
1
+ PV
1
) bo‘ladi. Bu ifodadagi (U + PV) 
yig‘indi sistemaning biror holatini belgilab: (U + PV) = H ga tengdir. Bu yerda: H 
– entalpiya sistemaning issiqlik tutumi deyiladi.
Demak, izobar jarayonlarning issiqlik effekti Q
p
= ΔH bo‘lib, u sistema 
entalpiyasining o‘zgarishiga teng:
Q
p
= H
ox
– H
bosh
= ΔH

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling