Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Nazorat savollari: 
1. Sistema nima va uni qanday tushunchalar tavsiflaydi? 


15 
2. Termodinamikaning birinchi qonunining metallurgik jarayonlarga tatbiqi 
qanday?
3. Ekzotermik va endotermik reaksiyalar bir-biridan qanday farq qiladi?
1.2. TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI. ENTROPIYA. 
 ERKIN ENERGIYA. 
Termodinamikaning birinchi qonuni tabiatdagi jarayonlarning yo‘nalishini 
aniqlab bermaydi. Masalan, ma’lum tezlik bilan harakatlanayotgan mashinaning 
kinetik energiyasi tormozlanish natijasida issiqlikka aylanadi va atrof muhitga 
sochiladi. Mana shu sochilgan energiya o‘z-o‘zidan yig‘ilib, mashinaning kinetik 
energiyasiga aylanmaydi.
Tajribalardan ma’lumki, issiqlik o‘z-o‘zidan hamma vaqt issiq jismdan 
sovuqroq jismga o‘tadi. Mana shunday jarayonlar termodinamikaning birinchi 
qonuniga zid emas. Chunki bunda issiqlik va ish o‘rtasida ma’lum bir munosabat 
bajariladi. Masalan bidan bir natijasi biror jismdan olingan issiqlikniunga 
ekvivalent bo‘lgan ishga aylantiradigan jarayon termodinamika birinchi qonuniga 
zid emas.
Yuqorida keltirilgan va boshqa ko‘p tajriba natijalariga asoslanib quyidagi 
xulosaga kelamiz, ya’ni abadiy ishlaydigan mashinaning ikkinchi turini vujudga 
keltirib bo‘lmaydi. Buni ko‘pincha termodinamikaning ikkinchi qonuni deb ham 
yuritiladi. 
Termodinamikaning 
ikkinchi 
qonuni 
tabiatda 
bo‘layotgan 
jarayonlarning o‘tish yo‘nalishini va tavsifini aniqlab beradi. 
Erkin va bog‘langan energiya. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga 
muvofiq, jismdagi ichki energiyaning bir qismiishga aylanadi, jism energiyasining 
o‘garmas haroratda ishga aylanishi mumkin bo‘lgan qismi uning erkin energiyasi, 
ishga aylana olmaydigan qismi esa bog‘langan energiyasi deyiladi. 
Har qanday sistema umumiy energiyasining o‘zgarmas haroratda foydali 
ishga aylana oladigan qismi (F) erkin energiya deyiladi. 
O‘z-o‘zicha boradigan jarayonlardagienergiya yuqori erkin energiya 
deyiladi. O‘z-o‘ziga boradigan jarayonlarda energiya yuqori potensialli holatga 


16 
o‘tganligi sababli bunday jarayonlarda erkin energiyaning o‘zgarishi F manfiy 
qiymatga ega bo‘ladi. ∆F<0 
Bundan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: sistemaning erkin energiyasi 
berilgan sharoitda minimal qiymatga ega bo‘lgandagina sistema barqaror 
muvozanat holatida turishi mumkin. Demak, erkin energiya kamayadi. 
O‘z-o‘zicha bormaydigan jarayonlarni amalga oshirish uchun tashqaridan 
energiya sarflashi kerak. Ana shu energiya sistema ichki energiyasining ortishiga 
sarflanadi: δF>0. Demak, erkin energiyaning ortishi bilan boradigan boradigan 
jarayonlar o‘z-o‘zicha sodir bo‘lmaydi.
Ichki energiyaning hech qanday sharoitda foydali ishga aylantirib 
bo‘lmaydigan va faqat issiqlikka aylanib, tarqalib ketishi mumkin bo‘lgan qismi 
(G) bog‘langan energiya deyiladi. Bog‘langan energiya entropiya o‘zgarishining 
absolyut haroratga ko‘paytmasi (TdS) sifatida topiladi. 
Har qanday sistemada erkin energiya potensial energiya sifatida bo‘ladi. 
Sistemaning erkin energiyasi qancha ko‘p bo‘lsa u shuncha ko‘p ish bajaradi. 
Masalan, siyraklashtirilgan gazda shu haroratdagi siqilgan gaznikiga qaraganda 
erkin energiya kam, bog‘langan energiya ko‘p bo‘ladi. Demak, siyraklashtirilgan 
gaz siqilgan gazga nisbatan ka mish bajaradi.
Entropiya jismda qancha foydasiz energiya borligini ko‘rsatuvchi kattalik 
bo‘lib, jismining holatiga bog‘liq funksiya. Jismning holati o‘zgarsa, entropiya 
ham o‘zgaradi. Qaynar jarayonlarda entropiyaning o‘zgarishi nolga teng, ya’ni 
S=const, ∆S=0, qaytmas jarayonlarda hamma vaqt ∆S noldan katta: ∆S>0. 
Entropiya ham xuddi sistemaning ichki energiyasi singari sistemaning holat 
funksiyasi bo‘lib, uning o‘zgarishi faqat sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga 
bog‘liq, jarayonning yo‘liga bog‘liq emas. Shunga ko‘ra sistema I holatdan II 
holatga kelsa, entropiyaning o‘zgarishi 

= S −
bilan ifodalanadi.
Entropiya moddaning miqdoriga bog‘liq, demak, ekstensiv miqdordir. 
Entropiya additiv (yig‘indi) miqdordir, ya’ni sistema entropiyasi uni tashkil etgan 


17 
tarkibiy qismlar entropiyasi yig‘indisiga teng. Uning o‘zgarishi esa ayrim bo‘laklar 
entropiyasiyig‘indisiga teng. Uning o‘zgarishi esa ayrim bo‘laklar entropiyasi 
o‘zgarish yig‘indisiga teng, murakkab jarayonlar entropiyasining o‘zgarish 
jarayonni tashkil etuvchi ayrim jarayonlar entropiyalarining o‘zgarishlari 
yig‘indisiga teng. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling