Metallurgiya


Uyumda va er ostida tanlab eritish


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Uyumda va er ostida tanlab eritish 
Uyumda tanlab eritish asosan tarkibida metall kam bo‘lgan tashlandiq 
rudalardan metalni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Jarayon quyidagicha olib 
boriladi: 



- tanlab eritish maydoni tanlanadi va tayyorlanadi; 
- tayyorlangan maydonga ruda uyuladi; 
- uyum ustidan ma’lum muddat davomida eritma sepib turiladi. 
Uyum qatlamidan sizib o‘tgan eritmani bir joyga yig‘ishni ta’minlash maqsadida 
maydon bir tomonga qarab yotiqroq (1-2
0
) qilib rejalashtiriladi. Tayyorlangan 
maydonga ruda uyuladi. Bu jarayon uyumda tanlab eritish usulining eng asosiy 
qismi hisoblanadi. Uyum hosil qilish shunday o‘tkazilishi kerakki, unda ruda tekis, 
yumshoq va eritma qatlamdan oson o‘tadigan bo‘lsin. 
Uyum hosil qilish ekskavatirsimon yuklovchi mashinalar, buldozerlar, o‘zi 
ag‘daruvchi mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Uyum ustida og‘ir 
mashinalarni yurishi maqsadga muvofiq emas. 
Uyumni yumshoqligini va uning suyuqlik o‘tkazuvchanligini yaxshilash 
uchun ruda tasniflanishi, mayda zarrachalari yiriklashtirilishi ijobiy natija beradi. 
O‘lchami o‘ta katta bo‘lgan bo‘laklar albatta maydalanishi kerak. Uyumni eng 
ko‘p tarqalgan shakli to‘rtburchakli kesik piramidadir. Uning balandligi 3 m dan 
15 m gacha, og‘irligi 100-200 ming tonnagacha bo‘ladi (2.-rasm). 
2- rasm. Suyuq vannada eritish pechi sxemasi. 
1 — shixta; 2 — havo; 3 — shteyn; 4 — shlak; 5 — gazlar; 6 — pech 
qplamasi; 7 — misli qo‘yma kessonlar; 8 — furmalar; 9 – yuklash voronkasi; 10 
— apteyk; 11 — shteynli sifon; 12 - shlakli sifon. 



 
 
3-rasm. Uyumli tanlab eritish sxemasi: 
1-erituvchi eritma; 2-ruda massasi;3-boyigan eritma. 
Eritma uyumga changlatib beruvchi forsunkalar yordamida sepiladi. 
Eritmani uyum ustidan sepish tezligi rudaning xossalariga, jumladan suyuqlik 
o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga bog‘liq. Eritma ruda qatlamidan o‘tib, maxsus 
tayyorlangan hovuzga to‘planadi va undan metalni ajratib olish qurilmasiga 
o‘tkaziladi. Eritmadan metalni ajratib olish uchun sementasiya, ekstraksiya va 
boshqa usullar qo‘llanishi mumkin. Metalni ajratib olgandan so‘ng, eritma ikkinchi 
yig‘uvchi hovuzchaga to‘planadi. U erdan eritma tarkibiga kerakli reagentlar 
qo‘shiladi va u yana uyumga sepish uchun yuboriladi. Tanlab eritishning umumiy 
davomiyligi 120-150 kun. Bunda 60-75% metall eritmaga o‘tadi. 
Uyumda 
tanlab 
eritish, 
uning 
katta 
kichikligiga, 
suyuqlik 
o‘tkazuvchanligiga, eritilayotgan birikma yoki metall erish tezligiga qarab bir 
necha kun, oylab, xatto yillab davom etishi mumkin. Tanlab eritish jarayoni tamom 
bo‘lgandan keyin uyum yaxshilab suv bilan yuvilishi kerak. Katta hajmdagi 
uyumga ishlov berilib bo‘lgandan keyin, u chiqindixonalarga ko‘chirilmay, o‘z 
o‘rnida qoladi. Uning yoniga yangi uyum hosil qilinadi. Uyumda tanlab eritish 
usuli oddiy, kam xarj, sifatsiz ashyolardan metall ajratib olishga qulay. Ammo 
ko‘p vaqtni talab qiladi va metalni to‘liq ajratib olishga imkon yo‘q. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling