Metallurgiya


- rasm. Tanlab eritish dastgohlari


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

22- rasm. Tanlab eritish dastgohlari: 
a – mexanik aralashtirgichli agitator; b – pnevmomexanik aralashtirgichli agitator; 
v - pnevmatik aralashtirgichli agitator. 
Pnevmatik aralashtirgichli agitator – “pachuk” bo‘yi 15 m gacha bo‘lgan 
konussimon tubli silindrik dastgohdir. Dastgohning ichidagi bo‘tanani aralashtirish 
uchun siqilgan havo ishlatiladi. Siqilgan havo yordamida aralashtirish uchun 
aerolift prinsipidan foydalaniladi. Havo kompressor yordamida markaziy quvurga 
beriladi. Markaziy quvurda havo, suyuqlik va qattiq zarrachalarning aralashmasi 
hosil bo‘ladi. Markaziy quvurdagi aralashmaning zichligi apparatning boshqa 
qismida joylashgan bo‘tana zichligidan kam bo‘ladi. Zichliklar o‘rtasidagi farq 
natijasida butun massa harakatga keladi. 
Tarkibida oltin mavjud rudalarni sianlash jarayonlari davriy va uzluksiz 
maromda olib borilishi mumkin.
Davriy maromda olib boriladigan jarayonlarda, reaksiyaga kirishuvchi 
moddalar - ruda (boyitma) va eritma dastgohlarga bir vaqtda yuklanadi va ma’lum 
vaqt davomida ishlov berilgandan so‘ng, dastgoh mahsulotdan bo‘shatilib, yangi 
turkum ashyolar bilan to‘ldiriladi. 
Uzluksiz maromda olib boriladigan jarayonlarda qattiq ashyo bilan suyuqlik 
bo‘tana holda tanlab eritish dastgohiga uzluksiz beriladi va mahsulotlar undan 
ҳаво 
ҳаво 


159 
uzluksiz chikarilib turiladi. Buning uchun ketma-ket ulangan dastgohlardan 
foydalaniladi. 
Tanlab eritish uzluksiz maromda tashkil etilganda, tanlab eritish dastgohlari 
ketma-ket (kaskadda) o‘rnatiladi. Kaskaddagi agitatorlar (pachuklar) soni uchtadan 
bo‘lmasligi kerak.
Tanlab eritish jarayonidan so‘ng bo‘tana filtrlanadi va hosil bo‘lgan tiniq 
eritmadan oltin ajratib olinadi. Filtrlash uchun har xil turdagi filtrlar qo‘llanadi: 
ramali filtrlar, barabansimon vakuum filtrlar, diskli vakuum filtrlar. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling