Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISH USULLARI Xolmatov Pardaboy Qoraboyevich, Jizzax viloyat PYMO‘MM kafedra mudiri p.f.n, dots.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
Adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30- sentabrdagi PF-5198-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30- sentabrdagi PQ-3305-son Qarori. 3. Altshuller G.S. Qanday qilib ixtiro qilishni o‘rganish kerak. -Tambov: Tambov kitob nashriyoti. - 1961 yil. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISH USULLARI Xolmatov Pardaboy Qoraboyevich, Jizzax viloyat PYMO‘MM kafedra mudiri p.f.n, dots., Xolmo‘minova Bahora Abdujalolovna, Jizzax viloyat PYMO‘MM katta o‘qituvchisi Annotasiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish asosida kognitiv faoliyatini rivojlantirishga oid interfaol o‘yinlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: kasb,kognitiv, faoliyat,usul,tavsiya,muloqot, qobiliyat Аннотация. В данной статье даны рекомендации по использованию интерактивных игр для развития познавательной активности учащихся начальных классов на основе профориентационной работы. Ключевые слова: профессия, познавательная, деятельность, метод, рекомендация, общение, способность. Annotation. This article provides recommendations on the use of interactive games for the development of cognitive activity of elementary school students based on career guidance. Key words: profession, cognitive, activity, method, recommendation, communication, ability 237 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may PQ-241son “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida qarorida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchslar berish nazarda tutilgan. Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib aytish mumkinki, o‘quvchilarni boshlang‘ich sinfdan boshlab zamonaviy kasblar bilan tanishtirish, kasblar haqidagi bilimi va tafakkurlarini kengaytirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchilarni erta yoshdan kasbga yo‘naltirish–hozirga kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda olib boriladigan uzluksiz jarayondir. Boshlang‘ich sinflarda kasbga yo‘naltirish ishlari dars va darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kasb turlari bilan tanishtirish hamda o‘yinlar orqali ularda turli kasblarga bo‘lgan ilk qiziqishlarini aniqlashdan, shuningdek ko‘rgan, eshitgan ma’lumotlarini yodda saqlash, qayta tiklashning oddiy hamda murakkab operasiyalarini (kasbiy ma’lumotni qabul qilish bilan bog‘liq), umumiy o‘quv, mehnat hamda kommunikativ malaka va ko‘nikmalarini (biror bir kasb uchun ahamiyatli bo‘lgan o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi bilan bog‘liq) rivojlantirish dolzarb masalalardan sanaladi. Quyida boshlang‘ich sinflarda kasbga yo‘naltirish ishlarini qanday tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Tavsiyalar asosida kasbga yo‘naltirish ishlarini boshlang‘ich sinfdan boshlab olib borish o‘quvchining kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashiga, hayotda va mehnat faoliyatida o‘z o‘rnini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi. Boshlang‘ich sinfdan boshlab kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda avvalo shu davrga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari inobatga olinsa mashg‘ulotlar samarali bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf yoshida o‘quvchida o‘yin uning yetakchi faoliyati hisoblanadi. O‘yin orqali bolaning qo‘l harakatlari va tafakkur operasiyalari yanada takomillashadi. Shuning uchun birinchi sinflarda kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlari o‘yin tarzida tashkil etilishi lozim. Olti-yetti yoshga kelib bola biror-bir buyumni qismlarga bo‘lib ularni yana qayta yig‘a oladigan bo‘ladi. Ammo bu qobiliyatning rivojlanishi boladagi badiiy, ijodiy faoliyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun o‘quvchilarga quyidagilarni o‘rgatib borish lozim; 1. Predmetlarning tuzilishini, xususiyatlari bilan tanishtirish; 2. Buyumlarning qismlari mosligini ajrata olishini; 3. Ertaklarni tinglash hamda muhokama qilishni; 4. Dars mashg‘ulotlarida turli boshqotirma, rebuslarni yechishni; 5. Kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlarida interfaol o‘yinlarni o‘ynashni; 6. Mustaqil loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishni va boshqalar. Kasbga xususiyatlarini inobatga olgan holda mavjud psixologik o‘yinlarning turli modifikasiya(moshlashtirilgan)larini qo‘llash lozim. Masalan, sezgi va idrokni rivojlantiruvchi “Sehrli xaltacha” o‘yini mavjud. Xaltachaga turli kasblar bilan bog‘liq bo‘lgan predmetlar solinadi. Bola xaltachaning ichiga qaramasdan- 238 faqatgina ushlab ko‘rib, predmetning nomini va uni qaysi kasbga tegishli ekanini topishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlarini tashkil etishda, rejalashtirishda o‘quv yoki tarbiyaviy mashg‘ulotning keng tarqalgan tuzilmasiga tayanish, mavzu, maqsad, vazifalar, asosnoma, reja, foydalaniladigan jihozlar, mashg‘ulotning borishi, tahlil va foydalanilgan manbalar aniqlab olish lozim. Agar kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlari bo‘yicha ta’limiy maqsad shakllantirilib bo‘lingan bo‘lsa, unda rivojlantiruvchi maqsad o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlariga mos bo‘lishi talab etiladi. Masalan, xotira, idrok va ixtiyoriy diqqatning rivojlanganligi va boshqalar. Tarbiyaviy maqsadga keladigan bo‘lsak, odatda bunday maqsadlarni shakllantirishda “qadriyatlar”, “xulq-atvor normalari” kabi atamalar qo‘llaniladi. Tarbiyaviy maqsad zamonaviy dunyoda kasblarni ahamiyati va muhimligini o‘quvchilarga tushuntirishdan iborat bo‘lishi mumkin. Demak, kasbiy majburiyatlarni samarali bajarish uchun masu’liyatlilik va tartiblilik kabi sifatlarni hamkorlikda muhokama qilish va ularni muhimliligini anglashga o‘rgatish lozim. Bolalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga ota-onalarni ham jalb qilish juda muhim. Masalan; “Ota-onamning kasblari”, unda ota-onalar o‘z kasblari haqida gapirib beradilar. Sinf xonasida kasblar burchagini tashkil etib, bu yerni kasblar bilan bog‘liq kitoblar, fotosuratlar bilan jihozlash kerak. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida bu burchakka e’tibor qaratib turish tavsiya etiladi. Shahar yoki tuman korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish. Ekskursiyani o‘tkazishda asosiy e’tiborni qaysidir bitta kasbga yoki o‘zaro aloqador kasblar guruhiga qaratish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kasblarga qiziqish kognitiv faoliyatning rivojlanishi bilan birga namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflar qatnashadigan jamoaviy-foydali mehnat, ularning qiziqishlarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli ravishda, izchil takomillashtirilib borilgandagina, o‘quvchining kelajakda mukammal kasb egasi bo‘lishiga erishiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling