Metodikalari kafedrasi
XALQARO TADQIQOTLARDA TABIIY FANLAR BOʻYICHA
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jizzax shahar XTB qarashli 19-umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
XALQARO TADQIQOTLARDA TABIIY FANLAR BOʻYICHA
SAVODXONLIKNI BAHOLASH Xolboyeva Munisxon Mavlanovna, Jizzax viloyat PYMO‘MM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Otabekova Sayyora Suyunboyevna, Jizzax shahar XTB qarashli 19-umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqola xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik darajasini baholash masalalariga qaratilgan. Kalit so‘zlar: xalqaro tadqiqotlar, PISA, TIMSS, PIRLS, tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Аna shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’limtarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq. Ayni globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Oʻzbekiston Respubikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, Oʻzbekiston 227 Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan [1] . Konsepsiya doirasida, oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish koʻnikmalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida urgʻu berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, oʻquvchilarning bilim darajasini, taʻlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. PISA oʻquvchilarning oʻqish(matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi boʻlib, 15 yoshli oʻquvchilarning maktabda egallagan bilim va koʻnikmalarini hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishlarini aniqlashga moʻljallangan. Shuningdek, PISA xalqaro baholash dasturi oʻquvchilarning ta’lim olishga boʻlgan munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar toʻplaydi hamda ularning muammoni hal qila olish koʻnikmalarini, masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda oʻquvchi yoshlarning fikr-mulohazalari va ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. PISA xalqaro baholash dasturining natijalari asosida dunyo mamlakatlari oʻquv dasturlarida mavjud boʻlgan talablar doirasida oʻquvchilarning oʻz bilim va koʻnikmalarini hayotiy vaziyatlarda qoʻllash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beradi. PISA hech qanday oʻquv dasturini belgilamaydi yoki targʻib etmaydi, umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilari oʻquvchilarda tabiiy fanlardan bilim, koʻnikmalar shakllanishi hamda mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun dastlabki muhim qadam deb hisoblashadi. Tabiiy fanlar qamrov doirasi (science framework) tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlikni baholash vositalarining asosini tashkil etadi. PISA 2015 tadqiqotida tabiiy fanlar ustuvor yoʻnalish boʻlgan. Mazkur fanlar boʻyicha savodxonlik konsepsiyasi avval ishlab chiqilgan tabiiy fanlar doiralarida takomillashtirilgan (OESD, 2006, 2004, 1999). PISA 2006 tabiiy fanlar qamrov doirasi 2006, 2009 va 2012-yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda tabiiy fanlar yoʻnalishining asosini tashkil etgan. PISA 2015 tabiiy fanlar qamrov doirasi PISA 2006 tabiiy fanlar qamrov doirasining yanada kengaytirilishi, takomillashtirilishi hisobiga yaratildi. [2] Insoniyat oziq-ovqat ta’minoti, kasalliklarning tarqalishi, energiya ishlab chiqarish va iqlim oʻzgarishi kabi yirik muammolarga duch kelgan bir davrda tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik milliy hamda xalqaro darajada katta ahamiyat kasb etmoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda texnologiyalar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish dolzarb sanaladi. Yevropa Komissiyasi tomonidan bildirilgan fikrga koʻra, agar yoshlar tabiiy fanlardan ma’lum darajada xabardor boʻlishmasa, yechimlari fan va texnologiyalar bilan bogʻliq boʻlgan siyosiy hamda etnik muammolar ilmiy munozaralar mavzusi boʻla olmaydi. Bundan tashqari, bu 228 barchani tabiiy fanlar boʻyicha mutaxassis qilib tayyorlash degani emas, balki yoshlar oʻzlarini qurshab turgan atrof-muhitga daxldor boʻlgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishlari hamda mutaxassislar oʻrtasida olib boriladigan ilmiy munozaralarni tushunishlariga imkon beradi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo‘ladi: hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish - Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasi - texnologiyalar, tabiiy hodisa-jarayonlarning izohlarini bilish, taklif qilish va baholash. Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish; izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish; tegishli bashorat (prognoz)lar qilish va asoslash; izohlovchi farazlarni taklif etish; ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish, berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash. Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi – ilmiy tadqiqotlarni tasvirlash va baholash hamda muammolarni ilmiy asoslangan holda hal qilish yo‘llarini taklif etish. Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash; ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash; berilgan ilmiy tadqiqotdan o‘rganilayotgan muammoni aniqlash; ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash; berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish. Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi–turli ko‘rinishdagi ilmiy ma’lumotlar, dalillarni tahlil qilish va baholash hamda tegishli xulosalar chiqarish. Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish; ma’lum bir ko‘rinishdagi ma’lumotlarni boshqa ko‘rinishda ifodalash; ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo‘lmagan boshqa qarashlardan farqlay olish; ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash; turli manbalar (masalan, gazeta,jurnal, internet) dan olingan ilmiy mulohaza va dalillarni baholash. Demak biz oʻquvchilarda tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlikni rivojlantirishda ularda yuqorida sanab oʻtilgan kompetensiyalarni shakllantira olishimiz zarur. 229 Natijada oʻquvchilar tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik kompetensiyalarini oʻzlarida fanlarning mazmunini bilish, metodologik bilish, epistemik bilimlar asosida tabiiy fanlarni ilmiy jihatdan tushuna olishadi, hamda tabiiy fanlar sistemasi ya’ni: fizika, kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, astranomiya fanlariga oid bilimlarni oʻzaro bogʻliqligini va bir-birini toʻldirishi boʻyicha ularda bilim, koʻnikma va malakalar shakllanadi. Maqsadlarni toʻgʻri anglagan holda yoshlarimizda tabiiy savodxonlikni oshirmogʻimiz lozim, buning uchun esa yuqorida aytib oʻtilgan tabiiy savodxonlik kompetensiyalarini har bir oʻquvchimizda shakllantira olishimiz zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling