Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Ключевые слова: критерии оценки, начальная оценка, текущая оценка, 
личностное развитие, компетентность, познавательная компетентность, 
общечеловеческие и национальные ценности, национальное наследие. 
Annotation. 
The article explores the basic requirements for the development 
of teachers' cognitive competencies and assessment methods. The object of 
assessment is measured by students' assimilation of the scientific program, i.e. the 
level of formation of all components of professional competence. According to the 
stages of student learning, the following are assessed: the initial level of 
preparedness of students (initial assessment), the results of postgraduate education 
(current assessment), the quality of professional training during the final 
certification (a higher level of formed competencies in graduates) the degree of 
compliance with qualification requirements). 
Key words: 
evaluation criteria, initial evaluation, current evaluation, 
personal development, competence, cognitive competence, universal and national 
values, national heritage.


222 
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini baholash metodikasini ishlab 
chiqishda baholash faoliyatining barcha elementlarini aniq belgilash lozim. Ularga 
quyidagilar kiradi: baholash obyekti, baholash maqsadi, baholash mezonlari 
(o‘rnatilgan talablarga nisbatan muvofiqlik darajasi), baholash vositalari, baholash 
texnologiyasi.
Baholash obyekti fan dasturlarining talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi bilan 
o‘lchanadi, ya’ni kasbiy kompetentlikka oid barcha komponentlarining 
shakllanganlik darajasi. Talabalarni o‘qitish bosqichlariga ko‘ra quyidagilar 
baholanadi: talabalar tayyorgarligining boshlang‘ich darajasi (dastlabki baholash), 
talabalarning modul yoki fanni o‘zlashtirgandan keyingi ta’lim natijalari (joriy 
baholash), yakuniy attestasiyadagi kasbiy tayyorgarlik sifati (bitiruvchilarda 
shakllangan kompetensiyalarning oliy ta’lim malaka talablariga muvofiqlik 
darajasi)[2].
Baholashning maqsadi umumiy tarzda olingan natijalarning ko‘zlangan natija 
yoki dastlabki taxminlarga muvofiqligini o‘rnatish sifatida ko‘rib chiqilishi 
mumkin. O‘qitishning har bir bosqichida tayyorgarlik mazmunini hisobga olgan 
holda maqsad aniqlashtiriladi, vazifalar belgilanadi. Misol uchun joriy baholash 
quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:
- talabaning e’tiborini o‘qitish maqsadlari va muvaffaqiyatga erishish 
mezonlariga qaratish;
- o‘qituvchining faoliyatini har bir talabani individual rivojlantirish 
texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirish;
- talabaga keyinchalik ta’lim olishi, ta’lim dasturini o‘zlashtirish bo‘yicha 
mustaqil ishi, mustaqil ta’lim olishini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborotni 
taqdim qilish;
- o‘qituvchilarda kasbiy ta’lim dasturini qay darajada muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirganligi bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish; 
- talabani kelgusidagi maqsadli o‘qitishga nisbatan motivasiya berish; 
- aniq vaziyatlarda sodir bo‘layotgan hodisalarni muntazam ravishda kuzatish 
hamda ularning natijalarini boshqaruv jarayoniga qo‘shib borish.
DTS malaka talablarini amalga oshirish kasbiy tayyorgarlik sifati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni uzluksiz ilmiy asoslangan tarzda kuzatishni nazarda tutadi 
(A.S.Belkin). 
Shakllantiriladigan 
kompetensiyalarni 
baholashga 
nisbatan 
monitoring bakalavriat dasturi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarda umummadaniy 
va kasbiy kompetensiyalarning shakllanganligi darajasi to‘g‘risidagi axborotlarni 
jamlash, qayta ishlash, saqlash va tarqatish tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy kompetensiyalar shakllanganligi monitoringining quyidagi vazifalarini 
ajratish mumkin: 
- diagnostik-kompetensiyalar shakllanganligi darajasini kuzatishni nazarda 
tutadi;

prognostik-kompetensiyalar 
shakllanganligi 
darajasining 
asosiy 
tendensiyalarini aniqlash va istiqbolni bashorat qilish rejasini tuzishdan iborat; 
- korreksion-muammolarni aniqlash va hal qilishni nazarda tutadi; 

motivasion-ta’lim 
jarayoni 
ishtirokchilarini 
o‘z-o‘zini mustaqil 
rivojlantirishga undashga yo‘naltirilgan.


223 
Monitoring vazifalari negizini quyidagi tamoyillar tashkil etadi: 
- monitoringning axboroti oliy ta’lim DTS malaka talablari va ish 
beruvchilarning talablarini amalga oshirish darajasi va sifatini aks ettirishini 
nazarda tutuvchi ijtimoiy-me’yoriy bog‘liqlik tamoyili;
- axborotlarni olishning ilmiy shakli, metodlari va vositalari tizimini aks 
ettiruvchi ilmiylik tamoyili; 
- monitoring dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish negizini tashkil 
qiluvchi uzviylik, yaxlitlik va uzluksizlik tamoyili; 
- o‘quv fanini o‘zlashtirish yakuniga ko‘ra o‘qitishning har bir bosqichida 
monitoring o‘tkazishni nazarda tutuvchi davriylik tamoyili;
- ko‘p darajalilik tamoyili: talabani baholash, o‘z-o‘zini baholash, natijalarni 
muhokama qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar 
kompleksi;
- barcha talabalar uchun qo‘llaniladigan texnologiyalar yagonaligi tamoyili, 
baholash natijalarini qiyoslash shartlarini bajarish;
- tezkorlik tamoyili boshqaruvlik qarorini qabul qilish uchun talabalarda 
kompetensiyalarning holati va shakllanganlik sur’ati to‘g‘risida axborotni jamlash, 
qayta ishlash va taqdim etishni nazarda tutadi.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar sifati monitoringi birinchi kursdan 
to‘rtinchi kursgacha bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. Uning pedagogik 
amaliyotida qabul qilingan asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
- diagnostik (boshlang‘ich), 
- joriy (operasion), 
- yakuniy (davriy va yakuniy attestasiya).
Monitoringning 
diagnostik 
(boshlang‘ich) 
bosqichi 
o‘quvchilar 
tayyorgarligining boshlang‘ich darajasini qayd qilish hamda o‘qitishning 
individual trayektoriyasini qurish uchun qo‘llaniladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti sharoitlarida talabalarni dastlabki 
baholash natijalari uning individual darajadagi akademik muvaffaqiyatini 
boshlang‘ich bilimlar sifatida qo‘llaniladi. Monitoringning diagnostik bosqichi ikki 
turda bo‘lishi mumkin:
- boshlang‘ich (birinchi kurs talabalarida), ularning asosiy ta’lim dasturini 
o‘zlashtirishga bo‘lgan tayyorgarligi darajasini belgilaydi;
- dastlabki (tayanch), aniq bir fanni (modulni) o‘zlashtirish boshida. 
Boshlang‘ich baholash o‘z-o‘zini baholash shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Monitoringning joriy (operasional) bosqichidan talabalarning o‘quv 
faoliyatini tezkor va muntazam boshqarish uchun foydalaniladi. U o‘quv 
materialini o‘zlashtirish jarayonining borishi va sifati to‘g‘risida axborot olish, 
zarurat bo‘lganda-tuzatish (korreksion) harakatlardan foydalanish imkonini beradi.
Joriy monitoring jarayonida alohida modul yoki mavzuning o‘zlashtirilganligi 
natijalarini baholash ishlari amalga oshiriladi. Nazoratning bunday turi oraliq 
nazorat turi deb nomlanadi. U o‘quv rejasida belgilangan shakldagi (sinov, 
tabaqalashtirilgan sinov, imtihon, kurs loyihasi, kurs ishi, amaliyot bo‘yicha 
hisobot) modul yoki fanni o‘zlashtirish yakunida o‘qitishning rejalashtirilgan 
natijalariga erishish darajasini baholash uchun mo‘ljallangan.


224 
Monitoringning 
yakuniy 
bosqichi 
bitiruvchilarda 
shakllangan 
kompetensiyalarning yakuniy davlat attestasiyasi hamda bitiruv malakaviy ishini 
bajarish jarayonida tegishli kasbiy yo‘nalish talablariga muvofiqligi darajasini 
aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Monitoring 
natijalarini 
talqin 
qilish 
talabalarda 
kompetensiyalar 
shakllanganligining qayd qilingan darajasini rejadagi ko‘zlangan daraja bilan 
solishtirish, ya’ni DTS malaka talablari, matematika o‘qitish metodikasi o‘quv fani 
dasturining yakuniy maqsadi, kasbiy modul yoki o‘qitishning butun dasturi asosida 
amalga oshiriladi.
Talabalarda kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini baholash uchun 
ilmiy asoslangan mezonlar tizimidan foydalanish zarur. 
Mezon, kriteriy (yunoncha “kriterion”- fikrlash uchun vosita)
- uning asosida baholash amalga oshiriladigan xususiyat, tekshirish vositasi, 
baholash mezoni;
- bilim olish nazariyasida;
- haqqoniylik yoki holat yolg‘onligi belgisi.
Mezonlar muayyan ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi. Ularning namoyon 
bo‘lish darajasiga ko‘ra mezonning ifodalanganlik darajasini qayd qilish mumkin. 
Shunday qilib, kompetensiyalar shakllanganligini baholash darajali hisoblanadi.
Kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi deganda ularning kasbiy 
faoliyatini amalga oshira olish ko‘nikmalari, intellektual va ijtimoiy faolligida 
namoyon bo‘ladigan ifodalanganlik darajasi tushuniladi. Tadqiqotlarda ko‘pincha 
talabalar kompetentligi shakllanganligining dastlabki va yuqori darajalari ajratiladi. 
Ayrim mutaxassislar yana ildamlovchi darajani ham ajratadi. Ularning har birini 
tavsiflab chiqamiz [3]. 
Talaba kompetentligi shakllanganligining dastlabki darajasi quyidagi 
mezonlar bilan tavsiflanadi: bilish, tushunish, qo‘llash. Agarda bakalavr dalil va 
hodisalarni tasvirlash uchun matematika turkumidaga fanlarning mazkur sohani 
o‘rganish obyektlari xususiyatlari va qonuniyatlaridan foydalanishga misollar 
keltirsa, uning kompetentligi dastlabki darajada shakllangan deb hisoblanadi.
Talaba kompetentligi shakllanganligining yuqori darajasi qo‘shimcha 
mezonlar bilan xarakterlanadi: analiz va sintez. Agarda bakalavr mazkur ta’lim 
sohasiga muvofiq obyekt, hodisa va jarayonlar xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni 
tahlil qilsa, anglasa va tavsiflay olsa, aniq obyekt va hodisalarni tasvirlashga oid 
o‘rganiladigan nazariyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi masalalarini hal qila olsa uning 
kompetentligi yuqori darajada shakllangan deb hisoblash mumkin.
Respublikamizda zamonaviy ta’limning asosiy muammolaridan biri ta’lim 
sifatini baholash, uning monitoringini olib borish orqali yuqori kasbiy kompetentli 
pedagog kadrlar tayyorlash hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda ko‘pgina olimlar ta’lim sifatini integral tavsifiga e’tibor 
qaratib, ta’lim natijalarining me’yoriy talablarga, ijtimoiy va shaxsiy kutiladigan 
ehtiyojlarga muvofiqlik darajasini aks ettiradi.
O‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligi sifatini kompetentli-metodologik 
paradigma asosida kompetensiyalarini baholashning yangi texnologiyalarini, yangi 
tizimini ishlab chiqish lozim. Ayni vaqtda har bir ta’lim muassasasi o‘quv va 


225 
kasbiy faoliyat sohalari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni baholash muammosini 
amaliy hal etish, baholash fondini yaratishga e’tibor qaratmoqda[4].
Kompetensiyalar ta’lim mazmuni, ta’lim muassasasining ta’lim muhiti va 
asosan ta’lim texnologiyalari vositasida shakllantiriladi va rivojlantiriladi. O‘qitish 
texnologiyalarini mustaqil, tadqiqotchilik ishlariga yo‘naltirish, talabalarning 
ijodiy sifatlarini rivojlantirish, ta’lim sifatini baholash tizimini innovasion 
metodologik modernizasiyalashni talab etadi. An’anaviy baholash vositalarini 
yangi zamonaviy baholash vositalari bilan almashtirish orqali mutaxassislar 
tayyorlash sifatini zamonaviy talablarga moslashtirish ehtiyojini qondirish 
mumkin.
Xulosa qilsak tadqiqotimiz davomida talabalarning kasbiy faoliyatga 
tayyorgarligini 
bevosita 
kasbiy 
kompetensiyalarini 
baholash 
mezonlari, 
jarayonlari, metod va texnologiyalari yig‘indisi sifatida tadqiq etilib, baholash 
vositalari fondini shakllantirish, kompetensiyalarni egallash monitoringi dasturini 
ishlab chiqishga qaratdik. Ishlab chiqilgan kompetensiyalarni baholash tizimining 
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
 ta’lim natijalarini baholashga tizimli yondashuv (kompleks holda umumiy 
va kasbiy kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini baholash);
 asosiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishning rejalashtirilgan natijalaridan 
(kompetensiyalaridan) baholash uchun mazmunli va mezoniy asos sifatida 
foydalanish;
 kasbiy vazifalarni bajarish qobiliyati bilan tavsiflangan kompetensiyali 
yondashuv asosida umumkasbiy fanlar ta’lim yutuqlarini baholash;
 kasbiy kompetensiyalarni egallash darajasi monitoringi;
 rejalashtirilgan natijalar, vositalar va ular taqdimotini ishlab chiqishda 
darajali yondashuv;
 kompetensiyalarning rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi yig‘ma baholash 
tizimidan (portfolio) foydalanish;
 ta’limning faol, interfaol shakllaridan foydalanish;
 ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan, loyihalash texnologiyalaridan foydalanish.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling