Metodikalari kafedrasi
BADIIY ADABIYOT-MUHIM TARBIYA VOSITASI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
BADIIY ADABIYOT-MUHIM TARBIYA VOSITASI
Abduvohidova Zuxra Abdulbakiyevna, Zomin tumani XTB qarashli 1-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Xudoyberdiyeva Madina Abdulbakiyevna, JDPU II-bosqich magistranti Annotatsiya. Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda badiiy adabiyotning amaliy ahamiyati, imkoniyatlari, bolalarni ma’naviy jihatdan shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, bolalarni kichik yoshdan boshlab atrofida nimalar sodir bo‘layotganligini ko‘ra bilish va unga o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatish kabi masalalar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: janr, latifa, Afandi obrazi, uvol, savob, kamtarlik, to‘g‘rilik, so‘z qudrati . Аннотация. В статье раскрываются практическое значение и возможности художественной литературы в воспитании детей младшего школьного возраста, ее роль в духовном становлении детей, а также выделены в воспитании детей с раннего возраста видеть то, что происходит вокруг них, и выражать свои мысли реакция на него. Ключевые слова: жанр, анекдот, образ Aфанди, гордость, заслуга, скромность, правильность, сила слова. Annotation. The article reveals the practical significance and possibilities of fiction in the upbringing of children of primary school age, its role in the spiritual development of children, and also highlighted in the upbringing of children from an early age to see what is happening around them and express their thoughts reaction to it. 248 Keywords: genre, anecdote, image of Afandi, pride, merit, modesty, correctness, power of words. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar doimiy o‘tkazilgan darslar orqali ertakni hikoyadan, she’rni topishmoqdan, maqolni tez aytishdan farqlay oladilar. Bunda har bir janrning o‘ziga xos muhim belgilari yordam beradi. Masalan, ertakning “Bor ekanda, yo‘q ekan” deb boshlanishi, hikoyada qandaydir voqea-hodisaning keltirilishi, she’rning yoddan o‘qilishi, maqolda pand-nasihat berilishi, latifada Afandi obrazi orqali hajv qilinishi o‘quvchilar ongiga singib qoladi va shu orqali ular bu janrlar namunalarini o‘zaro oson farqlay oladilar. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda adabiyotlarni tanlash va ulardan foydalanish o‘ziga xos mas’uliyat kasb etadi. Badiiy adabiyot orqali kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ma’naviy shakllantirish ularda Vatan oldidagi burchni tushunishda, go‘zallikni his qila olishda, xunuk narsalardan jirkanib, yomonlik va yovuzlikdan nafratlanishda, tabiat, moddiy borliq haqidagi dastlabki tasavvurlarni singdirishda xizmat qiladi. Badiiy adabiyot nafaqat o‘quvchilarning badiiy fikrlash tafakkurini o‘stiradi, balki ularning hisob, hajm-o‘lchov shakllari, o‘simliklar olami, hayvonot olami, tasviriy faoliyat, musiqa va hokazolarga oid dastlabki bilimlarini shakllantirishda ham yordam beradi. Demak, birgina she’r, ertak, hikoyalarda bir necha fanga oid ma’lumot uyg‘unlashib keladi. Natijada, o‘quvchilar olamning serqirraligi, bepoyonligi haqida tasavvurga kela boshlaydilar. She’r, ertak, hikoyalar o‘quvchilardan insonlarga, tevarak atrofga, tabiatga nisbatan e’tiborli va sahovatli bo‘lishni talab etadi. Chunki she’r, ertak, hikoyalar o‘quvchilarga u yoki bu narsa, hodisaning, insonlarning, hayvonlarning xususiyatlari, eng muhim belgilari haqida, ularning ijtimoiy vazifalari to‘g‘risida bilim berish imkoniga ega bo‘lgani uchun yuksak tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Masalan: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling